Nosir Otaqoʻziyev (; 1984-yil 30-yanvar) – sobiq oʻzbek futbolchisi, hujumchi pozitsiyasida oʻynagan. 2020-yildan Fargʻona futbol federatsiyasi vitse prezidenti.

Futbolchilik faoliyati

Klub Faoliyatini 2003-yilda Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasida boshlagan. Nosir „neftchilar“ safida 2009-yil oxirigacha toʻp surgan va shu vaqt ichida 107 ta oʻyin oʻtkazib, 49 ta gol urgan. 2010-yilgi mavsumda „Olmaliq“ klubi tarkibida oʻynagan va mavsum soʻngida 13 ta gol bilan oliy liganing eng yaxshi ikki toʻpuraridan biriga boʻlgan. 2011-yilgi mavsumda Qarshining „Nasaf“ klubiga koʻchib oʻtgan. Mavsum davomida Otaqoʻziyev 2011-yilgi OFK Kubogida 5 ta gol urgan va turnir yakunida Nasaf jamoasi bilan birgalikda chempion boʻlgan. 2013-yilgi mavsumda avvaliga „Olmaliq“ jamoasida, mavsumning ikkinchi qismida „Guliston“ jamoasida oʻynagan. 2014-yilgi mavsumda „Neftchi“ jamoasida oʻynagan. 2015-yildan „Qoʻqon-1912“ klubi bilan shartnoma imzolagan. Qoʻqon-1912 jamoasida 4 mavsum toʻp surgan va 2019-yilgi mavsum soʻngida faoliyatini yakunlagan.

Terma jamoada Nosirbek Oʻzbekiston Olimpiya terma jamoasi tarkibida 2006-yilgi Osiyo oʻyinlari musobaqasida ishtirok etgan. 2011-yilda Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida ikkita, Chernogoriya va Ukraina terma jamoalariga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushgan.

Yutuqlar

Oʻzbekiston chempionati kumush medali sovrindori: 2003, 2004, 2006, 2011-yil Oʻzbekiston kubogi finalchisi: 2003, 2011-yil OFK kubogi sohibi: 2011-yil 2010-yilgi Oʻzbekiston oliy ligasining 13 ta gol bilan toʻpurari (Alisher Xoliqov bilan birga).

Manbalar

Havolalar

Nosirbek Otaqoʻziyev Transfermarkt saytida

Turkum:29-dekabrda tugʻilganlar Turkum:1984-yilda tugʻilganlar Turkum:Fargʻonada tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Fargʻona kishilari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Neftchi (Fargʻona) futbolchilari Turkum:Guliston klubi futbolchilari Turkum:Nasaf klubi futbolchilari Turkum:AGMK futbolchilari Turkum:Qoʻqon 1912 klubi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston futboli funksionerlari Turkum:Oʻzbekistonning eng yaxshi toʻpurarlari