Husayin Norchayev (; 2002-yil 6-fevral, Yakkabogʻ) – Oʻzbekistonlik professional futbolchi, „Navbahor“ klubida markaziy va qanot hujumchisi pozitsiyalarida oʻynaydi.

Futbolchilik faoliyati 2020-yil 14-iyun kuni Oʻzbekiston Superligasidagi debyutini „Navbahor“ga (2:2) qarshi oʻtkazib, 84-daqiqada Oybek Bozorov oʻrniga maydonga tushgan. 2020-yil 17-avgust kuni u oʻz maydonida „Soʻgʻdiyona Jizzax“ga qarshi oʻyinda (3:0) ilk golini kiritdi.

2023-yilgi mavsumda Rossiyaning „FC Alania Vladikavkaz“ jamoasining katta qiziqishiga sabab boʻldi va qishki transfer oynasi vaqtida rus klubiga 500 000 $ evaziga transfer qilingan va 3,5 yillik shartnoma imzolagan. Bu vaqtga qadar Husayin „Nasaf“ safida barcha turnirlarda 100 ta oʻyin oʻtkazgan (globalsportsarchive.com sayti maʼlumotlariga koʻra – 98 ta oʻyin), 40 ta gol urgan.

2024-yil 4-fevralda „FC Alania Vladikavkaz“ jamoasi Norchayevni Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasiga bir yilga ijaraga bergani eʼlon qilingan.

Xalqaro 2021-yildan buyon Oʻzbekiston milliy terma jamoasida oʻynab kelmoqda. Norchayev Oʻzbekiston birinchi terma jamoasi safida debyutini 2021-yil 9-oktyabr kuni Malayziya bilan oʻrtoqlik uchrashuvida (5:1) amalga oshirganNorchaev.html Husain Norchaev National-football-teams.com..

2022-yilda 23 yoshgacha boʻlgan futbolchilardan iborat Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida yoshlar terma jamoalari oʻrtasidagi Osiyo chempionatida ishtirok etgan va jamoa bilan finalga chiqqan. 6 uchrashuvda 2 ta gol urgan.

Oʻzbekiston terma jamoasiYilOʻyinGollar2021-yil11Jami11 2023-yil 19-mart oʻtkazilgan oʻyindagi aniq statistika. Terma jamoa uchun gollar Gol va natijalar roʻyxatida birinchi boʻlib Oʻzbekistonning gollari qayd etilgan. Sana Joy Raqib Hisob Natija Musoboqa Gollar 2021-yil 9-oktyabr Amman xalqaro stadioni, Amman, Iordaniya 3–0 5–1 Oʻrtoqlik 1

Yutuqlari Nasaf

AFC kubogi: ikkinchi oʻrin sohibi: 2021-yil Oʻzbekiston Kubogi sohibi: 2021, 2022 Oʻzbekiston Superkubogi sohibi: 2025

Individual

AFC Kubogi eng yaxshi toʻpurari: (7 gol) 2021-yil

Manbalar

Havolalar Husayin Norchayev Futbolchining profili OʻzPFL rasmiy saytida

Husayin Norchayev Transfermarkt saytida Husayin Norchayev Worldfootball saytida

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Nasaf klubi futbolchilari Turkum:FC Spartak Vladikavkaz futbolchilari Turkum:Neftchi (Fargʻona) futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Osiyo oʻyinlari 2022 futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Rossiya birinchi ligasi futbolchilari Turkum:Rossiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekiston uchun Osiyo oʻyinlari bronza medali sohiblari Turkum:Futbol boʻyicha Osiyo oʻyinlari sovrindorlari Turkum:2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi futbolchilar