Kim Chung-ha (1996-yil 9-fevralda tugʻilgan), Chungha (CHUNG HA sifatida stilizatsiya qilingan) nomi bilan tanilgan, MNH Entertainment ostida faoliyat yurituvchi janubiy koreyalik pop qoʻshiqchi, raqqosa va xoreograf. U Mnetning Produce 101 qizlar guruhi tanlovida toʻrtinchi oʻrinni egallagan va natijada I.O.I qizlar guruhining aʼzosiga aylangan. 2017-yilda I.O.I tarqatib yuborilganidan soʻng Chungha yakkaxon ijrochi sifatida Hands on Me mini-albomi bilan debyut qilgan.
Yoshligi va faoliyati Chungha 1996-yil 9-fevralda Seulda tugʻilgan. Uning ingliz nomi Annie Kim boʻlib, u qoʻshiqchi boʻlish uchun Janubiy Koreyaga qaytishdan oldin sakkiz yil Dallasda yashagan. U ingliz va koreys tillarini biladi. Oliy taʼlimni Sejong universitetinida raqs yoʻnalishi boʻyicha tamomlagan. U YG Entertainment uchun tinglovdan oʻtgan va MNH Entertainmentga qoʻshilishdan oldin JYP Entertainment stajyori boʻlgan. Kim debyutdan oldin uch yil mashq qilgan va 6-7 yil davomida raqsga tushgan. U moliyaviy muammolar tufayli raqs darslariga borishni deyarli tark etganini aytgan.
22-yanvardan 1-aprelgacha Kim MNH Entertainment kompaniyasining Produce 101 tqizlar guruhi tanlovida ishtirok etgan. U toʻrtinchi oʻrinni egallagan va 4-may kuni Chrysalis mini-albomi bilan I.O.I qizlar guruhi loyihasi bilan debyut qilganReferences:. 10-iyun kuni YMC Entertainment Chungha 2016-yilning yozida ikkinchi singli Whatta Manni taqdim etishini rejalashtirib yurganida uni I.O.I guruhning yetti aʼzosidan biri sifatida eʼlon qilgan. Singl oʻzining raqamli (yuklab olish va translyatsiya qilish) sotuvi boʻyicha Gaon Digital Chart va Gaon Album Chartda 2-oʻrinni egallagan tijoriy muvaffaqiyat boʻlgan
Xayriya ishlari 2021-yil 12-oktyabrda Chungha Green Noble klubi aʼzosi sifatida eʼlon qilindi. Klub „Green Umbrella“ bolalar jamgʻarmasiga 100 million ₩ yoki undan ortiq xayriya qilgani maʼlum..
Diskografiyasi
Querencia (2021) Bare & Rare (2022)
Filmografiyasi Yil Nom Rol Izohlar Manba(lar) 2016 Entourage Herself Epizod: 1 Lim Na-young bilan 2017 Idol Drama Operation Team Epizod: 5–6 2018 YG Future Strategy Office Epizod: 4 Top Management Epizod: 14 Radio shoular Yil Nom Izohlar Manba(lar) 2017–2019 Listen DJ 2022Noonʼs Hope Song, Kim Shin-young Maxsus DJ
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1996-yilda tugʻilganlar Turkum:Janubiy Koreyalik ayol qoʻshiqchilar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar