Simone Magill (1994-yil 1-noyabrda tugʻilgan) — Shimoliy Irlandiyalik professional futbolchi. Angliya Ayollar Superligasida Shimoliy Irlandiya va „Aston Villa“ klublarida toʻp suradi.
Oʻyin faoliyati
Klub
Mid-Ulster Magill futbolchilik faoliyatini Kukstaun Youth FC va Mid-Ulster Ladies FC kabi futbol jamoalarida boshlagan. 2010/2011 va 2011/2012-yilgi mavsumlarda Magill Shimoliy Irlandiya ayollar Premer-ligasida yilning eng yaxshi oʻyinchisi uchun nomzod sifatida koʻrsatilgan edi. Shuningdek, u 2012-yilgi mavsumni 18 ta gol bilan eng yaxshi toʻpurar sifatida yakunlagan.
Everton 2013-yilda 18 yoshida Magill muvaffaqiyatli sinovdan soʻng WSL Side Evertonga oʻtdi va keyinchalik 2014/15-yilda muxlislar tomonidan mavsumning eng yaxshi oʻyinchisi deb topildi. Jarohat olgan Magill 2016-yilgi mavsumda koʻp vaqtga safdan chiqdi va 2017-yil bahorgi seriyasida ham atigi 7 oʻyinda maydonga tushib 5 ta gol urdi.
2017-yil iyun oyida Magill „Everton“ bilan birinchi professional futboldagi shartnomasini imzoladi. 2019-yil may oyida Magill Everton jamoasida mavsumning eng yaxshi futbolchisi sovrinini qoʻlga kiritdi.
Xalqaro Magill oʻz faoliyati davomida Shimoliy Irlandiyani koʻplab yoshlar darajasida toʻp surgan va 15 yoshida oʻzining xalqaro debyutini qilgan. U U-17 va U-19 terma jamoalarida sardorlik qilgan.
2016-yil iyun oyida Magill Gruziyaga qarshi Yevropa saralash oʻyinida xalqaro ayollar darajasidagi eng tezkor golni urib, oʻzini jahon rekordini oʻrnatdi. Magillning tezkor kiritgan goliga atigi 11 soniyaning oʻzi yetarli boʻldi va bu bilan amerikalik hujumchi Aleks Morgan tomonidan kiritilgan avvalgi 12 soniyalik rekordni yangiladi.
Xalqaro oʻyinlar Sana Joy Raqib Hisob Joy Musobaqa 1. 2021-yil 9-aprel Kolos stadioni, Kovalivka, Ukraina 2 — 1 2-1 UEFA ayollar oʻrtasidagi Evro-2022 saralash pley-off oʻyinlari
Yutuqlar Everton
Ayollar oʻrtasidagi Angliya kubogi sohibi (1): 2013-14 FA WSL 2 gʻoliblari (1): 2017
Individual
Ayollar Premer-ligasida yilning eng yaxshi futbolchisi : 2010, 2012 Everton jamoasida mavsumning eng yaxshi ayol futbolchisi : 2014-15 Xalqaro ayollar oʻrtasidagi eng tez urilgan gol (Jahon rekordi) 2016-yil 3-iyun Everton jamoasida mavsumning eng yaxshi ayol futbolchisi : 2018-19
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1994-yilda tugʻilganlar