Pranav Jerry Chopra (1992-yil 6-sentabrda tugʻilgan) — hindistonlik badmintonchi. U 2007-yilda Hindiston milliy badminton jamoasiga qoʻshilgan. 2018-yilda Queesnsland shtatining Gold Coast shahrida boʻlib oʻtgan Hamdoʻstlik oʻyinlarida Chopra Hindiston aralash jamoasi aʼzosi sifatida ushbu toifada oltin medalni qoʻlga kiritdi. Pranav sherigi bilan aralash juftliklar boʻyicha jahon reytingida Top 15 talikka kirgan hindistonlik ikkinchi badmintonchidir.
Bolaligi va dastlabki tayyorgarligi Pranav 7 yoshida mashgʻulotlarni boshlagan. 13 yoshgacha boʻlgan va 19 yoshgacha boʻlgan oʻgʻil bolalar oʻrtasidagi juftlik bahslarida ikki marta mamlakat chempioni boʻldi. 19 yoshgachalar darajasida u bir yil ichida rekord darajadagi toʻqqizta chempionlikni qoʻlga kiritdi. U shaharda boʻlgan payti Shastri zalidagi Badminton Akademiyasida, Ludhianada mashq qilgan. Pranav South Cityda yashagan va keyinchalik Haydaroboddagi Gopichand Badminton Akademiyasiga qoʻshilgan. U kuniga sakkiz soat mashq qiladi va yakkalik oʻrniga juftlik hamda aralash juftlik oʻyinlarida oʻynashni yaxshi koʻradi. Pranavga Pullela Gopichand murabbiylik qilgan. U bir nechta milliy reyting turnirlarida medallarni qoʻlga kiritgan. Puna shahrida boʻlib oʻtgan Yoshlar Hamdoʻstligi oʻyinlarida Pranav bronza, Eronning Tehron shahrida boʻlib oʻtgan „Fajr Senior International Challenge Cup“ va Mumbay shahrida boʻlib oʻtgan Tata xalqaro musobaqasi hamda Shveysariyaning Bern shahrida boʻlib oʻtgan musobaqada oltin medalni qoʻlga kiritdi. Shveysariya xalqaro musobaqasida u kumush medalga sazovor boʻldi.
Faoliyati
2007-yil 2007-yilda Pranav Tailandning Bandang shahrida oʻtkazilgan Milo Junior turnirida ilk xalqaro debyutini qildi.
2008-yil Pranav 2008-yilda Puna shahridagi Balewadi sport majmuasida oʻtkazilgan Yoshlar Hamdoʻstlik oʻyinlarining oʻgʻil bolalar oʻrtasidagi juftlik bahslarida B.Sai Praneeth bilan hamkorlikda bronza medalini qoʻlga kiritdi.
2010-yil 2010-yilda Pranav milliy oʻyinlarda aralash juftliklar boʻyicha mamlakat chempioni boʻldi.
2011-yil 2011-yilda Bern, Shveysariyada oʻtkazilgan Shveysariya xalqaro musobaqasida Pranav erkaklar oʻrtasidagi juftlik bahslarida kumush medalga sazovor boʻldi.
2013-yil 2013-yilda Pranav milliy oʻyinlarda erkaklar oʻrtasidagi juftlik bahslarida mamlakat chempioni boʻldi.
2014-yil Pranav 2014-yilgi Osiyo oʻyinlarida va 2014-yilgi Hamdoʻstlik oʻyinlarida aralash jamoaviy toifasidagi bronza medali uchun oʻyinda ishtirok etdi. Hindiston aralash jamoasini 2:3 hisobida Singapur aralash jamoasi magʻlubiyatga uchratdi va natijada Hindiston aralash jamoasi bronza medalidan mahrum boʻldi.
2016-yil 2016-yilda Pranav oʻzining aralash juftliklar boʻyicha hamkori N.Sikki Reddi bilan Braziliya ochiq va Rossiya ochiq musobaqalarida ikkita Grand Prini qoʻlga kiritdi. Oʻsha yili u oʻzining oʻyindagi sherigi va hind badmintonchisi Pradnya Gadrega uylandi.
2018-yil Queenslandning Gold Coast shahrida boʻlib oʻtgan Hamdoʻstlik oʻyinlarida Pranav oʻzining aralash juftlik sherigi Gadde Ruthvika Shivani bilan juftlikda Sachin Dias va Thilini Pramodika Hendahewa boshchiligidagi Shri-Lanka aralash juftlik jamoasini 21:15, 19:21, 22:20 hisobida magʻlubiyatga uchratdi. Hindiston aralash jamoasi oltin medal uchun kurashda peshqadamga aylandi. Nihoyat, Hindiston aralash jamoasi barcha beshta oʻyinda Shri-Lanka aralash jamoasini 5:0 hisobida magʻlub etdi va shu tariqa Pranav Hindiston aralash jamoasi aʼzosi sifatida ushbu toifadagi oltin medalni qoʻlga kiritdi.
Yutuqlari
Janubiy Osiyo oʻyinlari Erkaklar juftliklari Yil Joy Hamkor Raqib Hisob Natija 2016 SAI-SAG markazining koʻp maqsadli zali,Shillong, Hindiston Akshay Devalkar Manu Attri B. Sumit Reddi 18-21, 17-21alt=Silver|Kumush Kumush Aralash juftliklar Yil Joy Hamkor Raqib Hisob Natija 2016 SAI-SAG markazining koʻp maqsadli zali,Shillong, Hindiston N. Sikki Reddi Manu Attri Ashwini Ponappa 30-29, 21-17alt=Gold|Oltin Oltin
Oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati Aralash juftliklar Yil Joy Hamkor Raqib Hisob Natija 2009 Juara stadioni,Kuala Lumpur, Malayziya Prajakta Sawant Lu Kay Bao Yixin 12-21, 15-21alt=Bronze|Bronza Bronza
BWF World Tour (1 ta ikkinchi oʻrin) 2017-yil 19-martda eʼlon qilingan va 2018-yilda amalga oshirilgan BWF World Tour Badminton Butunjahon Federatsiyasi (BWF) tomonidan tasdiqlangan badminton boʻyicha bir qator elita turnirlaridan iborat. BWF World Tour olti darajaga boʻlingan, yaʼni World Tour Finals, Super 1000, Super 750, Super 500, Super 300 (HSBC World Tour qismi) va BWF Tour Super 100.
Aralash juftliklar Yil Turnir Daraja Hamkor Raqib Hisob Natija 2018 Haydarobod ochiq turniri Super 100 N. Sikki Reddi Akbar Bintang Cahyono Winny Oktavina Kandow 21-15, 19-21, 23-25 Ikkinchi oʻrin
BWF Grand Prisi (3 ta gʻalaba, 2 ta ikkinchi oʻrin) BWF Grand Prisi ikki darajaga ega: BWF Grand Pri va Grand Pri Oltin. Bu 2007-yildan beri Butunjahon Badminton Federatsiyasi (BWF) tomonidan ruxsat etilgan badminton turnirlari seriyasidir.
Erkaklar juftliklari Yil Turnir Hamkor Raqib Hisob Natija 2016 Syed Modi xalqaro turniri Akshay Devalkar Goh V Shem Tan Vi Kiong 21-14, 22-24, 8-21 Ikkinchi oʻrin Aralash juftliklar Yil Turnir Hamkor Raqib Hisob Natija 2017 Syed Modi xalqaro turniri N. Sikki Reddi B. Sumit Reddi Ashwini Ponnappa 22-20, 21-10 Gʻolib 2016 Shotlandiya ochiq turniri N. Sikki Reddi Goh Soon Huat Shevon Jemie Lai 21-13, 18-21, 16-21 Ikkinchi oʻrin 2016 Rossiya ochiq turniri N. Sikki Reddi Vladimir Ivanov Valeriya Sorokina 21-17, 21-19 Gʻolib 2016 Braziliya ochiq turniri N. Sikki Reddi Toby Ng Rachel Honderich 21-15, 21-16 Gʻolib
BWF Grand Pri Oltin turnirlari BWF Grand Pri turnirlari
BWF xalqaro musobaqalari/seriyalari (3 ta gʻalaba, 2 ta ikkinchi oʻrin) Erkaklar juftliklari Yil Turnir Hamkor Raqib Hisob Natija 2015 Tata xalqaro Hindiston ochiq turniri Akshay Devalkar Wannawat Ampunsuwan Tinn Isriyanate 14-21, 9-21 Ikkinchi oʻrin 2015 Bangladesh xalqaro turniri Akshay Devalkar Tan Chee Tean Tan Vi Gien 21-16, 21-16 Gʻolib 2011 Tata xalqaro Hindiston ochiq turniri Akshay Devalkar KT Rupesh Kumar Sanave Tomas 19-21, 21-17, 23-21 Gʻolib 2011 Shveysariya xalqaro turniri Akshay Devalkar Lukas Moren Voytsex Shkudlarchik 21-17, 16-21, 12-21 Ikkinchi oʻrin 2010 Iran Fajr xalqaro turniri B. Sai Praneet Ali Shahhusayniy Muhammadrizo Xeradmandi 21-17, 21-11 Gʻolib
BWF xalqaro musobaqasi turnirlari BWF xalqaro seriyasi turnirlari
Manbalar
Turkum:1992-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Hindiston badmintonchilari