Oybek Olimovich Bozorov (1997-yil 7-avgustda tugʻilgan) – oʻzbek futbolchisi, „Paxtakor“ klubi va Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi yarim himoyachisiPlayer profile: Oybek Bozorov globalsportsarchive.com. Retrieved 18 September 2021.

Faoliyati Faoliyatini „Nasaf“ klubida boshlagan. Oʻzbekiston chempionatidagi debyut 2018-yilning 4-noyabr kuni Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasiga qarshi oʻyinda (2:0) boʻlgandi. Jamoa tarkibida chempionatning kumush medali sohibi (2020), Oʻzbekiston Kubogi sohibi (2021, 2022, 2023), Oʻzbekiston Superkubogi sohibi (2021) boʻldi va AFC Kubogi finaliga chiqdi (2021). Oʻzbekistonning 2021-yildagi eng yaxshi yosh futbolchisi unvoniga loyiq koʻrildi.

2019-yildan 2020-yilgacha Oʻzbekiston U-23 terma jamoasida oʻynagan. 2020-yilgi yoshlar terma jamoalari oʻrtasidagi Osiyo chempionati ishtirokchisi. U Oʻzbekiston milliy terma jamoasi tarkibida 2020-yilning 23-fevral kuni Belarusga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida (0:1) maydonga tushgan.

Terma jamoadagi faoliyati U 2020-yilning 23-fevralida Belarusga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida Oʻzbekistonning asosiy jamoasi safida debyut qilganOybek Bozorov National-football-teams.com.. Oʻzbekiston terma jamoasiYilOʻyinlarGollar2020-yil10Jami10 2020-yil 23-fevralda oʻtkazilgan oʻyindagi aniq statistika.

Yutuqlar

Oʻzbekiston Superligasi gʻolibi: 2024

Oʻzbekiston Kubogi sohibi: 2021, 2022, 2023 Oʻzbekiston Superkubogi sohibi: 2023, 2024, 2025 AFC Kubogi finalchisi: 2021

Manbalar

Havolalar

Oybek Bozorov OʻzPFL saytida futbolchi profili Oybek Bozorov Transfermarkt saytida futbolchi profili Oybek Bozorov Soccerway saytida futbolchi profili Oybek Bozorov National-football-teams saytida futbolchi profili Oybek Bozorov Footballfacts saytida futbolchi profili Oybek Bozorov Footballdatabase saytida futbolchi profili Oybek Bozorov Global.espn saytida futbolchi profili Oybek Bozorov Worldfootball saytida futbolchi profili

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Nasaf klubi futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari