Paralimpiya oʻyinlari nogironligi boʻlgan (eshitish qobiliyatini yoʻqotganlardan tashqari) shaxslar uchun xalqaro sport musobaqasidir. Para — avvaliga „paralich“ soʻzidan olingan va umurtqa pogʻonasidagi muammolar tufayli tana aʼzolarining muayyan qismi harakatlana olmasligiga ishora boʻlgan, ammo keyinchalik musobaqa ishtirokchilari safining kengayishi bois „parallel“ soʻzining dastlabki qismiga ishora tarzida talqin qilina boshlagan, yaʼni asosiy olimpiada oʻyinlariga parallel ravishda oʻtkaziluvchi musobaqani anglatishi taʼkidlangan.

Yozgi va qishki Paralimpiya oʻyinlari Yozgi Paralimpiya oʻyinlari 1960-yildan, qishki Paralimpiya oʻyinlari esa 1976-yildan muntazam ravishda oʻtkazib kelinmoqda. 1988-yildan ushbu musobaqalarning Olimpiada oʻyinlari boʻlib oʻtgan sport arenalarida oʻtkazilayotgani eʼtiborga molik. Dastlabki paralimpiadada 23 davlatdan kelgan 400 nafar aravachali sportchi bahslashgani tarixda qolgan. Oʻzbekiston Milliy paralimpiya assotsiatsiyasi 2007-yildan buyon faoliyat olib boradi. Oʻzbekiston vakillari ilk bora Pekinda 2008-yili oʻtkazilgan paralimpiya oʻyinlarida ishtirok etishgan.

2012-yili Londondagi musobaqalarda oʻzbekistonlik 10 sportchi qatnashgan. Sharif Xalilov dzyudo boʻyicha 76 kilogrammgacha vazn toifasida finalgacha yetib borgan va kumush medalni qoʻlga kiritgan.

Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida 2016-yili oʻtkazilgan XV Paralimpiya oʻyinlari Oʻzbekiston delegatsiyasining muvaffaqiyati yodda qolgan. Oʻzbekiston sharafini himoya qilgan 32 sportchi jami 31 medal sohibiga aylangan.

Yozgi Paralimpiya oʻyinlari + Yozgi Paralimpiya oʻyinlari N Yil Tashkilotchi shahar I 1960 Rim II 1964 Tokio III 1968 Tel-Aviv IV 1972 Geydelberg V 1976 Toronto, Ontario VI 1980 Arnem VII 1984 Stok-Mandevil, Nyu-York VIII 1988 Seul IX 1992 Barselona X 1996 Atlanta XI 2000 Sidney XII 2004 Afina XIII 2008 Pekin XIV 2012 London XV 2016 Rio-de-Janeyro XVI 2020 Tokio

Qishki Paralimpiya oʻyinlari

+ Qishki Paralimpiya oʻyinlari N Yil Tashkilotchi shahar I 1976 Ernshyoldsvik II 1980 Geylo III 1984 Insbruk IV 1988 Insbruk V 1992 Tignes VI 1994 Lillehammer VII 1998 Nagano VIII 2002 Solt-Leyk-Siti IX 2006 Turin X 2010 Vankuver XI 2014 Sochi XII 2018 Pxyonchxan Manbalar

Turkum:Paralimpiada oʻyinlari