Forbant ( ) — Triopning oʻgʻli, Pellenning otasi (argiv versiyasiga koʻra)Pavsaniy. Opisanie Elladi VII 26, 12. Triopning va Mirmidonning qizi boʻlmish Hiskillaning oʻgli. Apollonning sevgilisiПлутарх. Сравнительные жизнеописания: Numa 4.
Rodosga (ilgari Opfiussa deb atalgan) boʻron tufayli kelib qolgan Forbant va uning singlisi Parfeniya kema halokatidan omon qolib, Sxediya bilan Ialisning yoniga suzib ketishgan, Tamniy ularni mehmondoʻstlik bilan kutib olganАфиней. Pir mudresov VI 82, 262f, ssilka na Dievxida. Boshqa bir hikoyaga koʻra (bu hikoyada Forbant Lapifning oʻgʻli deyiladi), Forbant yashash uchun joy izlab Fessaliya boʻylab kezgan. Apollonning bashoratiga koʻra, rodosliklar uni oʻz uylariga taklif qilishgan. Forbant ilonlarni qirib tashlagan va Rodosga joylashganДиодор Сицилийский. Историческая библиотека V 58, 5 . Barcha versiyalarda Forbantning Rodosdagi ilonlar va ajdaholarni yoʻq qilgani aytiladi. Apollon unga alohida mehr qoʻygan va uni "Ophiuchus" yulduzlar turkumiga aylantirgan. Rodosliklar flotlari dengizga yoʻlga chiqqanida Forbantga qurbonliklar qilishganGigin. Astronomiya II 14, 4, po Polizelu Rodosskomu. Arxeologik dalillar shuni koʻrsatadiki, Rodosda Miken davridagi idishlarning koʻpida ilonlar tasviri aks ettirilgan Kolobova K. M. Iz istorii rannegrecheskogo obщestva. L., 1951. S.39 .
Manbalar
Turkum: qadimgi yunon afsonalari qahramonlari Turkum:Egey orollari afsonalari Turkum:Katasterizmlar