thumb|282x282px| Iokasta. Bokkachchoning „ Mashhur ayollar haqida“ kitobining qoʻlyozma nashridan olingan miniatyura, XV-XVI asrlar. Iokasta (Epikasta; ) — qadimgi yunon mifologiyasi qahramoniMifi narodov mira. M., 1991-92. V 2 t. T.1. S.554
Fiva malikasi, Menekeyning qizi va Kreontning singlisiSofokl. Tsar Edip 69; Gigin. Mifi 66 (yoki Kreontning qiziDiodor Sitsiliyskiy. Istoricheskaya biblioteka IV 64, 1). Laiyning xotini va Edipning onasi, Laiyning vafotidan keyin Edipning rafiqasi. „Odisseya“da tilga olib oʻtilgan.
Laiyning buyrugʻi bilan goʻdakligida Kiferon togʻida qoldirilgan oʻgʻli Edipning keyingi taqdiri haqida bilmagan Iokasta Edipga turmushga chiqqan, oradan koʻp yillar oʻtgach, Korinfdan Fivaga kelgan va Fiva aholisini Sfinksdan ozod qilgan. U Antigona, Ismena, Eteokl va Poliniklarni (otasi — Edip) dunyoga keltirganPsevdo-Apollodor. Mifologicheskaya biblioteka III 5, 7-9.
Edip bilan ona-oʻgʻil ekanligi maʼlum boʻlgach, oʻzini osganSofokl. Tsar Edip 1265Gomer. Odisseya XI:271-280 yoki pichoqlab oʻldirganSeneka. Edip 1040—1041. Stesixor uni Edipdan voz kechganidan keyin ham yashagan deb tilga oladiStesixor. Edipodiya. // Vestnik drevney istorii. S.233. Yoki oʻgʻillarining vafotidan keyin oʻzini qilich ustiga tashlab joniga qasd qilganYevripid. Finikiyanki 1456; Gigin. Mifi 243.
Sanʼatdagi obrazi Sofoklning „Shoh Edip“ va Evripidning "Finikiyalik ayollar " tragediyalari, Aksiyning „Finikiya ayollari“, Senekaning „ Edip“ hamda „Finikiya ayollari“ asarlari qahramoni. Pasolini tomonidan suratga olingan „Shoh Edip“ (1967) filmida Iokasta rolini Silvana Mangano ijro etgan.
Astronomiyada 1918-yilda kashf etilgan „(899) Jocasta“ asteroidi Iokasta sharafiga nomlangan.
Manbalar
Turkum: qadimgi yunon afsonalari qahramonlari Turkum: Beotiya Afsonalari Turkum:badiiy o'z joniga qasd