thumb|right|220px
Yalpiz poʻstlogʻi () — Amerika va Yevropada mashhur boʻlgan shokoladli qandolat mahsuloti. Odatda, u shokolad, koʻpincha, qora shokolad ustidagi oq shokoladga sepilgan yalpiz taʼmli karamellardan iborat boʻladi, ammo yalpizli konfetlar sepilgan har qanaqa shokoladni yalpiz poʻstlogʻi deyilaveradi.
Ular, ayniqsa, qishki taʼtil mavsumida, xususan, Mavlud va Yangi yil paytida mashhurdir. Uni mavsumiy ravishda sotadigan mashhur shirkatlar orasida Williams Sonoma, Mars, Hersheyʻs va Ghirardelli bor. Koʻpincha bu shirinliklar „yalpiz poʻstlogʻi“, deb nomlanmaydi. Bundan tashqari, shunga oʻxshash taʼm kombinatsiyasi koʻp hollarda qattiq qand ichiga solinadi.
AQShda achchiq yalpiz poʻstlogʻi, shuningdek, Girl Scouts qoʻshinlari tomonidan pechenyedan tashqari keng assortimentning bir qismi oʻlaroq sotiladi.
Tarkibi va tayyorlanishi Yalpiz poʻstlogʻi retsepti ozgina ingrediyentlardan foydalanadi, faqat shokolad va yalpizli konfetlar kerak. Achchiq yalpiz aromatizatori ham baʼzi retseptlarga qoʻshiladi. Konfetlarni karamel boʻlagiga almashtirish mumkin. Konfet maydalangan yoki sindirilgan, shokolad esa eritilgan boʻlishi kerak. Maydalangan karamelli shokolad pech patnisiga quyiladi va keyin sovitiladi. Tayyor shirinlik esa boʻlaklab chiqiladi.
Turlari Yalpiz poʻstlogʻining variantlari ikki rangli qatlamli boʻladi, unda toʻq rangli shokoladning pastki qatlami oq shokolad bilan, yuqori qatlami esa maydalangan karamel konfeti bilan qoplanadi.gʻ. Desertga kreker kabi boshqa qoʻshimchalar, aromatizatorlar yoki teksturalar qoʻshilishi mumkin.
Jelly Belly shirkati qora shokolad va konfetli va jeleli loviyalarning kombinatsiyasini „Peppermint Bark Recipe Mix“ („Achchiq yalpiz poʻstlogʻi retsepti aralashmasi“) sifatida ham sotadi.
Tarixi Koʻpgina pop-madaniyat mahsulotlari singari ushbu bayram shirinligini kim ixtiro qilganini aniq aytish qiyin. Mental Flossga koʻra, bu kamida 1960-yillarga borib taqaladi. St. Petersburg Times gazetasining 1966-yil 12-sentabrda chop etilgan sonida yalpiz poʻstlogʻi reklamasi bor boʻlganwe%20know%20it%20today%20popular Chocolate Peppermint Bark — An Edible Mosaic™.
Williams Sonoma shirkati bugungi kunda yalpiz poʻstlogʻini mashhur qildi. Delishga koʻra, 1998-yili Chuck Williams uchta savdogardan iborat jamoadan oʻtmishni esga soluvchi bayram shirinligini oʻylab topib, uni ommalashtirishni soʻraganwe%20know%20it%20today%20popular Chocolate Peppermint Bark — An Edible Mosaic™.
Manbalar
Turkum:Shokolad Turkum:Oziq-ovqat