Muchkalitsa () — serb taomi, goʻsht va sabzavotlardan tayyorlangan raguSpesii, pryanosti i travi v domashney kuxne / Aleksey Onegin. — M.: Eksmo, 2020. Muchkalitsa retseptlari janubiy Serbiyadagi mahalliy oshxonaning bir qismidir: Leskovats, Kosovodagi Shar-Planina, Toplitsa. Bu taomning asosiy xususiyati shundaki, pishirishdan oldin goʻshtni grilda tayyorlab olish kerakSerbskaya muchkalitsa / Mućkalica (resept) . Uning nomi mućkati soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, „silkitish, aralashtirish“ degan maʼnoni anglatadi.
Tayyorlanishi Muchkalitsa goʻshti anʼanaviy tarzda grilda pishiriladi, koʻpincha, sovib qolgan kabobdan tayyorlanadi. Shu bilan birga, koʻplab retseptlarda goʻsht oddiy tovada qovuriladi. Bu choʻchqa goʻshti, mol goʻshti yoki qoʻy goʻshti boʻlishi mumkin. Qovurilgan sabzavotlar: piyoz, shirin qalampir, pomidor va sarimsoqqa qovurilgan goʻsht boʻlaklari qoʻshiladi. Bir oz suv yoki bulyon solib, pishgunicha qaynatiladi, baʼzan pechda bir necha daqiqa pishiriladi.
Muchkalitsaning turli hududiy variantlari mavjud. Eng mashhuri Leskovats muchkalitsasi, choʻchqa goʻshti, piyoz, bolgar qalampiri, pomidor, sarimsoq va garmdoridan tayyorlanadiLeskovachka muchkalitsa.
Toplitska muchkalitsasi — choʻchqa goʻshti filesi, feta pishlogʻi, qoʻziqorin, soya sousi va kavardan tayyorlanadi.
Sharplanin muchkalitsasi — qoʻy goʻshtidan tayyorlanadi.
Manbalar
Turkum:Taomlar Turkum:Oziq-ovqat