Himmat Qoʻchqorovich Oqboʻtaev ( 1962-yil 1-fevralda tugʻilgan, Samarqand viloyati, Urgut tumani, OʻzSSR) — oʻzbek huquqshunosi va davlat arbobi. 2016-yil 23 -dekabrdan 2017-yil iyungacha u Samarqand viloyati hokimi lavozimida ishlagan.

Hayoti Himmat Oqboʻtaev 1988—1991-yillarda Urgut tumani kolxozida advokat boʻlib ishlagan. Keyinchalik u Navoiy viloyati prokuraturasida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida turli lavozimlarda ishlaganHayoti.

2006—2016-yillarda u Urgut tumani hokimi boʻlganhttps://centrasia.org/person2.php?st=1510477433.

2016-yil mart oyidan u Samarqand viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari boʻlib ishlagan. 2016-yil 23-dekabrdan 2017-yil iyungacha u Samarqand viloyati hokimi boʻlib ishlagan. Himmat Oqboʻtaevning oʻrnini 2017-yil Turob Joʻrayev egalladi.

2020-yil 14-yanvardan 2022-yil 16-iyungacha Samarqand viloyati Qoʻshrabot tumani hokimi.

2022-yil 16-iyundan boshlab Samarqand viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshligʻi.

2023-yil 6-oktabrdan Oʻzbekiston Adolat sotsial-demokratik partiyasi Samarqand viloyat kengashi raisi .

Manbalar

Turkum:Oʻzbekiston tumanlari hokimlari