Sherbek Erkinovich Buranov (tugʻ. 9-iyun 1985-yil, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – oʻzbek bankiri va davlat arbobi, 2020-yildan buyon IV chaqiriq Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati.

Hayoti Sherbek Buranov 1985-yil 9-iyunda Samarqand viloyatida tugʻilgan. Toshkent moliya institutini bank ixtisosligi boʻyicha tugatgan.

2003-yildan 2009-yilgacha Paxtabank ATB Samarqand viloyati boshqarmasi bosh mutaxassisi, shuningdek naqd pul muomalasi boʻlimi boshligʻi boʻlgan. 2009-yildan 2015-yilgacha OATB „Agrobank“ ning Juma shahridagi filiallari menejeri lavozimida ishlagan. 2015-yildan 2016-yilgacha Xalq banki ATB Samarqand viloyati filiali rahbarining oʻrinbosari, 2016-yildan 2018-yilgacha esa Xalq banki Toshkent shahar filiali rahbarining oʻrinbosari boʻlgan. 2018-yilda Ipoteka bankning Samarqand viloyati filiali menejerining oʻrinbosari etib tayinlandi.

2020-yildan buyon IV chaqiriq Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi aʼzosi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari sogʻligʻini muhofaza qilish qoʻmitasi aʼzosi.

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining deputatlari Turkum:Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi a’zolari Turkum:Oʻzbekistonlik iqtisodchilar Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar