„The Turks of Central Asia in History and at the Present Day“ (), toʻliq nomi „The Turks of Central Asia in History and at the Present Day: An Ethnological Inquiry into the Pan-Turanian Problem, and Bibliographical Material relating to the Early Turks and the Present Turks of Central Asia“ () — polyak antropolog Marie Czaplicka qalamiga mansub kitob. Unda Markaziy Osiyo va Sibirda yashovchi turkiy xalqlar tarixi va XX asr boshidagi hayoti haqida soʻz yuritiladi. Asarning teng yarmi mukammal bilbliografiyadan iborat.

Kitob ilk bor 1918-yil Oxford shahrida Clarendon Press nashriyotida chop etilgan. 1973-yil Curzon Press nashriyoti qayta nashr qilgan. Kitob, shuningdek, 1999-yil ayni nashriyotda muallifning toʻrt jildi asarlari toʻplamining uchinchisi oʻlaroq chop etilgan. 2005-yil Elibron nashriyotida 1918-yilgi nashr faksimilesi chop etilgan. Czaplicka kitobni britan etnografi Robert Marettga bagʻishlagan.

„The Turks of Central Asia in History and at the Present Day“ kitobi nashr etilishi ortidan „chala siyosiy leksiya“ va pala-partish yozilgan asar oʻlaroq tanqid qilingan. Ammo kitobda mavzuga doir yangi maʼlumotlar keltirilgani olqishlangan. Shuningdek, tanqidchilar kitob oʻta qisqa ekanligini taʼkidlashgan.

Manbalar

Havolalar „The Turks of Central Asia in History and at the Present Day“ Kitob taqrizi — Henry Howorth

Turkum:Markaziy Osiyo boʻyicha kitoblar Turkum:Tarix boʻyicha kitoblar