„Dunyoning bir qavati“ — oʻzbek shoirasi Marhabo Karimova qalamiga mansub sheʼriy toʻplam. Ilk bor 2008-yil chop etilgan. 2015-yilda qayta chop etilgan. „Dunyoning bir qavati“ Karimovaning eng keng tanilgan toʻplamlaridan biri. Taniqli yozuvchi va tarjimon Ibrohim Gʻafurov toʻplamni ijobiy baholagan.

„Dunyoning bir qavati“ toʻplamidagi sheʼrlar turli mavzularda boʻlib, aksariyat sheʼrlarda shoira hozirgi kundagi oʻzbeklarning kundalik muammolari, urf-odatlari va anʼanalari, tashvishlariyu shodliklarini hazilomuz tarzda ifodalagan. Toʻplamdagi sheʼrlar uch qismga boʻlingan: „Asal oyi“, „Poklikka qasida“ va „Oʻzbeklarda shunaqa“. Kitobga qirqdan ortiq sheʼr kiritilgan. „Asal oyi“ qismidan oʻn oltita, „Poklikka qasida“ qismidan oʻn bitta, „Oʻzbeklarda shunaqa“ qismidan esa oʻn toʻqqizta sheʼr oʻrin olgan.

Manbalar

Havolalar „Dunyoning bir qavati“ sheʼriy toʻplami Ziyouz saytida

Turkum:Sheʼriy kitoblar