Netflix – filmlar va teleseriallar striming xizmati. Xizmat turli janrlar va tillarda keng koʻlamli filmlar, seriallar va teledasturlarni taqdim etadi.

Netflixga 1997-yilning 29-avgustida Marc Randolph va Reed Hastings tomonidan Kaliforniya shtatining Scotts Valley shahrida asos solingan. Kompaniya avvalboshda ijara uchun toʻlov modelidan foydalanib, pochta orqali DVDlarni mijozlarga yetkazib berish bilan shugʻullangan. 1999-yildan boshlab obunachilarga asoslangan modelga oʻtgan. 2007-yilning yanvarida esa oqimli multimedia xizmatini yoʻlga qoʻygan. 2024-yil iyul holatiga koʻra, Netflix jahonning 190 dan ortiq mamlakatida 277,7 milliondan ziyod pullik obunachilarga ega. 2023-yil oktyabr holatiga koʻra esa dunyoning 23-eng koʻp kiriluvchi veb-sayti hisoblanadi.

Manbalar

Havolalar