„Bedorlik“ — oʻzbek shoiri Erkin Vohidov qalamiga mansub sheʼriy toʻplam. 1985-yil Toshkent shahrida Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida chop etilgan.

Toʻplamdagi sheʼrlar „Alvon lolalar“, „Kanada turkumidan“, „Donishqishloq latiflari“ hamda „Oltin devor“ turkumlariga boʻlingan. „Oltin devor“ turkumida shoirning shu nomli va „Istanbul fojiasi“ dramalari ilk marotaba eʼlon qilingan.

Manbalar

Havolalar „Bedorlik“ Ziyouz saytida

Turkum:Erkin Vohidov sheʼriy toʻplamlari