Artur Avila (1979-yil 29-iyunda tugʻilgan) — braziliyalik matematik. Avila asosan dinamik tizimlar va spektral nazariya sohasidagi ishlari bilan tanilgan. 2014-yil Fields medali bilan taqdirlangan.
Avila 1995-yil 16 yoshida Xalqaro matematika olimpiadasida oltin medalni qoʻlga kiritgan. Bakalavr darajasini Rio de Janeiro federal universitetidan olgan. 19 yoshida dinamik tizimlar teoriyasi boʻyicha doktorlik ishini yoza boshlagan. 2001-yil uni tamomlab, PhD darajasini olgan.
2001-yil Fransiyaga koʻchib borib, Jean-Christophe Yoccoz rahbarligida post-doktorantura ilmiy ishlar ustida ishlay boshlagan. Olim 2003-yildan beri Fransiyaning Ilmiy tadqiqotlar milliy markazida () ishlab keladi. Avila 2008-yil ushbu markazning tadqiqot direktori etib tayinlangan.
Turkum:Fields medali sovrindorlari