Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti — qishloq xo‘jaligi uchun mutaxassislar tayyorlaydigan oliy o‘quv yurti. 0‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tarkibida. Surxondaryo viloyati Termiz tumanida joylashgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 28.10.2021-yildagi PQ-5269-son «Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qaroriga muvofiq, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti tashkil etildi. Ungacha ushbu taʼlim muassasasi O’zbekiston Respublikasi Prezidenting “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida” 2017 yil 20 apreldagi PQ-2909-son qaroriga muvofiq Toshkent davlat agrar universitetining Termiz filiali hisoblanar edi. Yangi hujjatga ko‘ra, institutda 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab bakalavriat taʼlim yo‘nalishlarida taʼlimning kredit-modul tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi.
Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutida hozirda 3 ta fakultet Agrobiologiya fakulteti, Agrologistika va biznes fakulteti, Meva-sabzavotchilik va texnologiya fakulteti
10 ta kafedra Meva-sabzavotchilik, uzumchilik, issiqxona xo‘jaligi kafedrasi O‘zbek tili va adabiyoti (tillar) kafedrasi Agrokimyo va agrotuproqshunoslik kafedrasi Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash va mexanizatsiya kafedrasi Matematika, tabiiy va gumanitar fanlar kafedrasi Zooinjeneriya, veterinariya va ipakchilik kafedrasi O‘rmonchilik, dorivor o‘simliklar va manzarali bog‘dorchilik kafedrasi Agronomiya, qishloq xo‘jalik ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligi kafedrasi O‘simliklar himoyasi va qishloq xo'jaligi mahsulotlari karantini kafedrasi Agrobiznes, buxgalteriya hisobi va raqamli texnologiyalar kafedrasi faoliyat ko’rsatmoqda.
Institut 2022/2023 o‘quv yilida bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha 25 ta ta’lim yo‘nalishlari 60310500 Raqamli iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) 60410100 Buxgalteriya hisobi va audit (qishloq xo‘jaligida) 60412400 Agrobiznes va investitsion faoliyat 60810100 Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish 60810700 Agrokimyo va agrotuproqshunoslik 60810800 Tuproq bonitirovkasi va yer resurslaridan foydalanish 60810900 Agronomiya (dehqonchilik mahsulotlari turlari bo‘yicha) 60810900 Agronomiya (anorchilik) 60811000 O‘simliklarni himoya qilish (ekin turlari bo‘yicha) 60811100 O‘simliklar va qishloq xo‘jalik mahsulotlari karantini 60811200 Qishloq xo‘jaligi ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligi (ekin turlari bo‘yicha) 60811300 Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi (mahsulotlar turlari bo‘yicha) 60811500 Zooinjeneriya (turlari bo‘yicha) 60811700 Ipakchilik va tutchilik 60811800 Mevachilik va uzumchilik 60811900 Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik 60812000 Issiqxona xo‘jaligini tashkil etish va yuritish 60812100 Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi 60812200 O‘simlikshunoslik (ekin turlari bo‘yicha) 60820100 O‘rmonchilik 60820100 O‘rmonchilik (o‘rmonchilar va ularning farzandlari uchun) 60820200 Manzarali bog‘dorchilik va ko‘kalamzorlashtirish 60840100 Veterinariya meditsinasi (faoliyat turlari bo‘yicha) 60840200 Veterinariya farmasevtikasi
Sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha 10 ta ta’lim yo‘nalishlari 60310100 Iqtisodiyot (qishloq xo‘jaligida) 60410100 Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha) 60810100 Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish 60810900 Agronomiya (dehqonchilik mahsulotlari turlari bo‘yicha) 60811300 Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi (mahsulotlar turlari bo‘yicha) 60811500 Zooinjeneriya (turlar bo‘yicha) 60811700 Ipakchilik va tutchilik 60811900 Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik 60820100 O‘rmonchilik 60840100 Veterinariya meditsinasi (faoliyat turlari bo‘yicha)
Kechgi ta’lim shakli bo‘yicha 2 ta ta’lim yo‘nalishlari 60310500 Raqamli iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) 60810800 Tuproq bonitirovkasi va yer resurslaridan foydalanish) bo'yicha abituriyentlarni o‘qishga qabul qiladi.
Turkum:Oʻzbekistondagi institutlar Turkum:Termiz tumani