Horasio Manuel Kartes Jara (, 1956-yil 5-iyulda tugʻilgan) – paragvaylik tadbirkor, siyosatchi va davlat arbobi. 2023-yil 10-yanvardan beri oʻng qanot milliy respublikachilar uyushmasi (ANR, „Kolorado“ nomi bilan ham tanilgan) partiyasi raisi. 2013-yil 15-avgustdan 2018-yil 28-maygacha Paragvay prezidenti boʻlgan .

Biografiyasi Tamaki, ichimliklar va goʻsht mahsulotlari bilan bogʻliq biznes bilan shugʻullanadi, 12ga yaqin kompaniyaga ega. 1989-yilda Cartes moliyaviy firibgarlikda ayblangan, ammo keyinchalik ayblov olib tashlangan. 2000-yilda politsiya uning mulkida giyohvand moddalar (marixuana va kokain) ortilgan samolyotni ushlab oldi, biroq Cartes samolyot favqulodda qoʻnganini daʼvo qilib, jazodan qutulib qoldiʻʻThe Independentʻʻ, 19-aprel]] 2013, Horacio Cartes: Millionaire. Criminal. Business titan. Homophobe. The next president of Paraguay? .

2013-yil aprel oyida Horasio Kartes prezidentlik saylovlarida gʻalaba qozondi.

Faoliyatining asosiy yoʻnalishlaridan biri mamlakat shimolida, uning eng qashshoq hududlaridan birida harakat qilayotgan Paragvay xalqi armiyasining chap qanot partizanlariga qarshi kurash edi. Partizanlarga qarshi turish uchun „oʻlim otryadlari“ – armiya va politsiyaning maxsus boʻlinmalari tashkil etildi.

2023-yil 26-yanvarda „Paragvayda demokratik institutlarga putur yetkazuvchi keng tarqalgan korrupsiyada ishtirok etgani“ uchun AQSh sanksiyalariga uchradi.

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar