Lenín Boltaire Moreno Garcés (19-mart 1953) – ekvadorlik huquqshunos va siyosatchi, 2017-yil 24-maydan 2021-yil 24-maygacha Ekvador Prezidenti.
Biografiyasi Lenin Moreno 1953-yil 19-martda Ekvador Amazonkasida Peru bilan chegaradosh kichik shaharchasida tugʻilgan. Morenoning otasi Servio Tulio oʻqituvchi boʻlgan va oʻgʻliga Vladimir Lenin sharafiga shu ismni qoʻygan. Morenoning ikkinchi ismi – Boltyre – fransuz faylasufi Volter sharafiga qoʻyilgan.
Kitoda (Instituto Nacional Mejía va Ekvador Markaziy universiteti) tahsil olgan. Psixologiya va davlat boshqaruvini oʻrgangan.
1998-yil yanvar oyida Moreno Kitoda talonchilik hujumiga uchradi. Olingan jarohat oyoqlarning falajiga olib keldi. Nogironlar aravachasiga oʻtirgach, jarohatdan keyin ogʻriqdan kulgi terapiyasi yordamida davolandi va „quvonch bilan davolanish“ haqida bir qator kitoblar yozdi. Keyinchalik, 2017-yilda „Tabassum qil, Ekvador!“ iborasi paydo boʻldi va uning saylovoldi kampaniyasi shioriga aylandi.
2007-yilda Moreno Ekvador vitse-prezidenti etib saylandi va 2013-yilning 24-mayigacha ikki muddat ishladi.
Vitse-prezident sifatida faoliyat yuritayotib, nogironlarga yordam berish uchun bir qancha xayriya fondlarini tuzdi. Faoliyati uchun Moreno Ekvador va mintaqadagi boshqa mamlakatlarning davlat mukofotlari bilan taqdirlangan. Janubiy Amerikadagi bir qator universitetlar unga faxriy professor unvonini berishgan. 2012-yilda nogironlarga yordam berishdagi faoliyati uchun Tinchlik uchun Nobel mukofotiga nomzod boʻlgan. 2013-yildan 2016-yilgacha Moreno BMT Bosh kotibining nogironlik va imkoniyati cheklanganlar boʻyicha maxsus vakili boʻlib ishlagan.
2017-yilgi saylovlarda Lenin Moreno prezident Rafael Correa boshchiligidagi hukmron PAIS Alyansi prezidentligiga nomzod sifatida koʻrsatildiLenin Moreno stal kandidatom ot pravyaщey partii v prezidenti Ekvadora RIA Novosti. Gilermo Lasso bilan birgalikda 51% ovoz bilan gʻalaba qozonib, ikkinchi bosqichga chiqdi. Inauguratsiya 24-may kuni boʻlib oʻtdi.
Lenin Moreno WikiLeaks asoschisi Julian Assanjdan Ekvadorning Buyuk Britaniyadagi elchixonasidan boshpana berish huquqini „Assanj xalqaro konventsiya normalarini bir necha bor buzgani sababli“ bekor qildi. 2019-yil 11-aprelda Britaniya politsiyasi Ekvador elchisi taklifiga binoan Assanjni hibsga olish uchun elchixonaga kirdi.
2019-yil 8-oktyabrda Ekvadordagi ommaviy norozilik namoyishlari fonida mamlakat prezidenti Lenin Moreno poytaxt Kitoni tark etdi va hukumat Guayakilga evakuatsiya qilinishini eʼlon qildi.
„Ina Papers“ yoki „Sinohidro ishi“ bilan mashhur boʻlgan. Bu Lenin Moreno va uning oilasi ishtirokidagi „Ina Investment Corporation“ deb nomlangan ofshor kompaniyasi bilan bogʻliq boʻlgan 76 million dollar pora olish va pul yuvish bilan bogʻliq boʻlgan korrupsiya mojarosidan kelib chiqadi. Tergov maʼlumotlariga koʻra, kompaniyaga Morenoning akasi Edvin Moreno asos solgan, xorijiy kompaniyalar uchun soliq imtiyozlari bilan mashhur boʻlgan Belizda joylashgan.
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar