Ernesto Bertarelli (1965-yil 22-sentyabr, Rim, Italiya) – kelib chiqishi italiyalik Shveysariya tadbirkori, milliarder. „Forbes“ jurnalining 2013-yildagi dunyo boylari roʻyxatida 94-oʻrinni egallagan. „Bloomberg“ bergan hisobotga koʻra, uning oilaviy boyligi 14 milliard dollardan oshadi.
Biografiyasi 1993-yilda Garvard biznes maktabini tamomlagan. 1998-yilda u oʻz bobosidan meros qolgan „Serono“ farmasevtik kompaniyasi boshqaruvini qoʻlga olgach, ushbu kompaniya faoliyatini farmasevtikadan biotexnologiyaga yoʻnaltirdi. natijada, 1998-yilda korxona kirmi 809 million dollarni tashkil etgan boʻlsa, 2006-yilga kelib u 2,8 milliard dollardan oshdi. Korxonaga bir qancha psixologik va jismoniy kasalliklarni bartaraf etuvchi vositalarni ishlab chiqarishi katta shuhrat keltirdi. Bertarelli ushbu korxonani Germaniyaning „Merck“ shirkatiga 13 milliard dollarga sotishi natijasida 2007-yildahttp://portfolio.com/resources/executive-profiles/Ernesto-Bertarelli-80437 „Merck-Serono“ kompaniyasi tashkil topadi. 2002-2009-yillarda Bertarelli „UBS AG“ kompaniyasi ijrochi direktori boʻlgan. 2013-yilda u Buyuk Britaniyaning Plimut Universiteti faxriy doktori boʻldi.
Xayriya faoliyati Bertarelli 1999-yilda ayollar va erkaklar bepushtligini davolash ishlariga, andrologiya, genetika va endokrinologiyani rivojlantirishga qaratilgan fond tashkil etgan. Undan tashqari, ushbu fond sport, taʼlim sohalariga ham homiylik qiladiNEWS EPFL :: Launching of EPFL Center for Neuroprostheses.
Oilasi 2000-yilda Bertarelli Buyuk Britaniyalik aktrisa Kristi Roperga uylangan va uchta farzandi bor.
Manbalar
Havolalar Alinghi.com Ares Life Sciences Bertarelli Foundation Bertarelli Family Ernesto Bertarelli profile at Forbes magazine Ernesto Bertarelli Waypoint Capital
Turkum:Milliarderlar Turkum:Italiya milliarderlari