Azim Hoshim Premji (; 24-iyul, 1945, Mumbay, Hindiston) – hindistonlik yirik tadbirkor, milliarder, Wipro Limited kompaniyasining rahbari. Forbes jurnalining 2020-yilgi roʻyxatiga koʻra, 17 milliard AQSH dollari miqdoridagi boylikka ega.Azim Premji Profile Forbes.com. Retrieved September 2020 Ko'pincha, Ommaviy axborot vositalari tomonidan "hindistonlik Bill Gates" deb ta'riflanadiWith $1 billion corpus, PremjiInvest plays VC, PE, stockmarket game. Livemint (2008-06-10). Retrieved on 2013-07-28.

Biografiyasi Azim Premji Mumbay shtatida etnik jihatdan Gujarotlik boʻlgan nomdor tadbirkorlar oilasida dunyoga kelgan . Uning bobosi Hindistonda taniqli tadbirkorlardan biri boʻlgan. 1967-yilda Stanford universitetini tamomlab, oʻziga meros qolgan „Wipro“ korxonasini boshqara boshlaydi. Korxona faqat moy chiqarishga ixtisoslashtirilgan edi. U korxonada islohotlar oʻtkazib, non mahsulotlari, shampunlar, bolalar sovuni, bir qator xoʻjalik mollari va boshqalar ishlab chiqarishga yoʻnaltiradi. 1980-yillarda axborot texnologiyalarini Hindistonda keng yoyish maqsadida oʻz korxonasiga AQSHdan zamonaviy minikompyuterlar olib keltiradi va yangicha ishlab chiqarish turlarini joriy qiladihttp://www.sentinel.com/Chakravarty, 1998:2Azim Premji Profile — Biography of Azim Premji — Information on Azeem Premji Wipro Technologies . Iloveindia.com (24-iyul 1945-yil). Retrieved on 2011-11-12. Uning korxonasi juda tez rivojlanadi. Azim Premji Hindistonning „Padma Bhushan“, „Padma Vibhushan“ ordenlari, Fransiyaning Faxriy legion ordeni bilan mukofotlangan.

Xayriya faoliyati Ta’limga hissa qoʻshish maqsadida 2001-yilda Azim Premji Fondiga, 2010-yilda esa Azim Premji universitetiga asos soladiAzim Premji Foundation . Azim Premji Foundation. Retrieved on 2013-07-28.. 2010-yilda u maktablar uchun 2 milliard dollar hadya qildi. Azim Premji mashhur milliarderlar - Bill Gates va Warren Buffett qatorida Tuhfa qasamyodiga qoʻshilgan. U mazkur xayriya guruhiga qoʻshilgan yagona hind hisoblanadi.

Manbalar

Havolalar

Profile Wiproda Profile Forbesda

Turkum:Milliarderlar Turkum:Hindiston milliarderlari Turkum:Stanford universiteti bitiruvchilari