Manisa'' () — Manisa provintsiyasining markazi boʻlib, Anatoliyaning (qadimiy Lidiya) gʻarbiy qismida joylashgan shahar va tumandir. Aholisi — 278 967 kishi (2009-yilda sanalgan).

Tarix Shaharning tarixiy nomi — Sipil togʻidagi Magnisiya''' (yunon. Μαγνησία στο Σίπυλο) deb atalgan (yaqinida joylashgan Meandredagi Magnisiyasi bilan adashtirmang). Agar Gomerning qaydlariga ishonsak, shahar Troya jangidan soʻng barpo etilgan. E. av. V asrda mavjud boʻlgan antik shahar, bir necha zilzilalar oqibatida yer yuzidan oʻchib ketgan. Qadimiy manʼbalarda u Tit Liviy tomonidan e. av. 190-yilgi jangga alqadorligi uchun qayd qilingan boʻlib, bu jangda Luts Stsipion boshliq rimliklar Antiox III boshchiligidagi suriya armiyasiga qaxshatgich zarba beradi.

1313-yil 13-noyabrda saljuqiy-turklar boshligʻi Saru xon Bey Manisani rumliklardan jang qilib tortib oladi va oʻzining Saruxono'g'illari davlati poytaxti etib belgilaydi. V 1390 yilda Manisa Usmonli turklar davlati tarkibida edi. Biroq Saru xon avlodlari ularni davlatini tiklab bergan Amir Temur tomoniga oʻtib Usmonli turklarga qarshi chiqishadi. 1410-yilda shahar toʻlaligicha Usmonli imperiyasi tarkibiga kiradi. Bu davrda imperiyada mavjud boʻlgan beylarbeyi (gubernator) lavozimi qisman shaxzoda zimmasida boʻlib, shu tariqa u murakkab bol'gan sultonlikka tayyorlangan.

В 1912 yilda shaharda quyidagi millatlar yashagan: yunonlar — 38,926 kishi, turklar — 37,900 kishi, armanlar — 2,000 kishi, yahudiylar — 1,000 kishi.George Sotiriadis, An Ethnological Map Illustrating Hellenism in the Balkan Peninsula and Asia Minor, 1918

E'tiborga sazovor joylari Manisa arxeologik muzeyi Murodiy masjidi Sulton masjidi Ulu masjidi Manisa atrofidagi Sard xarobalari

Taniqli insonlari Tantal — afsonaviy shaxanshox, Zevsning oʻgʻli Mohidavron Sulton — Sulton Sulaymon Muhtashamning xotini shaxzoda Mustafo — Sulaymon I ning oʻgʻli Diamantis Diamantopulos — mashhur yunon rassomi Janer Erkin — futbolchi

Manbalar

Havolalar Kelol Bayar Universiteti Manisadagi Yevropa hamjamiyati

Turkum

Turkum:Turkiya shaharlari Turkum:Manisa tumanlari Turkum:Turkiyadagi qadimgi yunon arxeologik yodgorliklari

Turkum:Alifbo boʻyicha aholi punktlari