Transheya ( — ariq, oʻr, chuqur, xandaq, zovur, kotlovan):
Transheya — tuproqda, odatda, trapetsiyasimon kesim boʻyicha va kerakli uzunlikda (oʻn metrdan ming kilometrgacha, gaz-neft quvurlari oʻtkazishda) qazilgan ochiq chuqurlik. Xandaq yoki Transheya — qad. va oʻrta asrlarda shahar, qalʼa, qoʻrgʻon va mudofaa istehkomlarini dushman hujumidan ehtiyot qilish maqsadida ularning tashqi devori yonidan gir aylanasiga qazilgan oʻra, chuqurlik.