Quyi kaliforniya vodiysi — AQSH va Meksikadagi pasttekislik Kaliforniya qoʻltigʻi botigʻining davomi — togʻ oraligʻidagi tektonik botiqda joylashgan. Vodiyning janubiy qismidan oqib oʻtgan Kolorado daryosi oqizib keltirgan allyuvial jinslarning qalin qoplami bilan toʻlgan. Qadimda bir necha marta Kolorado daryosi suvi bosishi natijasida shoʻr koʻllar vujudga kelgan. Iqlimi subtropik quruq iqlim. Yillik yogʻin 100 mm chamasida. Oʻsimlik dunyosi kreozit butalar, kaktus va boshqalardan iborat. Kolorado daryosi bilan Soltonsi koʻli oraligʻidagi yerlarda sugʻorib dehqonchilik qilinadi, asosan, paxta ekiladi.
Kaynak ve lisans
Kaynak: Wikipedia — Quyi Kaliforniya vodiysi · katkı geçmişi.
Metin: CC BY-SA 4.0.
Metin düzenlemesi hakkında
Viki işaretlemesi ve şablonlar çıkarıldı; uzun metinler kısaltıldı.