Quymuch — odamda yonbosh suyagining Q. kosalarini hosil qilishda qatnashadigan qismi; tanasi va undan pastga davom etgan yuqori butogʻi bor. Ana shu butoq burchak shaklida pastki butoqqa oʻtadi; Q. suyagi ikkala butogʻining oʻzaro birlashgan joyi kengayib yoʻgʻonlashgan Q. doʻmbogʻini hosil qiladi. Q. suyagi tanasining orqa tomonidagi oʻtkir uchli oʻsiq bilan Q. doʻmbogʻi orasida Q.ning kichkina oʻymasi joylashgan. Q. hamda qov suyaklarining butoqlari oʻzaro bir-biri bilan qoʻshilib, kattagina tuxum shaklidagi yopqich teshikni vujudga keltiradi.
Kaynak ve lisans
Kaynak: Wikipedia — Quymuch · katkı geçmişi.
Metin: CC BY-SA 4.0.
Metin düzenlemesi hakkında
Viki işaretlemesi ve şablonlar çıkarıldı; uzun metinler kısaltıldı.