Naftandoz (arabcha, — naft, neft, forscha, — andoz, otmoq) — neftni yondirib otish quroli. Oʻrta Osiyo xududidagi koʻplab shahar harobalaridan arxeologik konussimon idishlar (simob koʻzacha) topishgan. Ularning aksariyati naqsh, bezaksiz. V. L. Vyatkin Afrosiyob shahar harobasidan ustiga „fath“ — gʻalaba deb yozilgan shunday idish topgan. Oʻrta asrlardagi qoʻshinlar tarkibida maxsus Naftandozlar qismi mavjud boʻlgan. Tarixiy manbalarda Naftandoz istilohi XVI asrdan soʻng uchramaydiOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Manbalar