Navbahor – Oʻzbekiston Respublikasi Fargʻona viloyati Furqat tumanidagi shaharcha (2009-yil 13-martdan), tuman markazi. Eng yaqin temir yoʻl stansiyasi – Yaypan. Navbahordan Fargʻonagacha 105 km. Aholisi 3,1 ming kishidan ziyod (2003). Soʻx soyidan suv oladi. Navbahorda tuman tashkilot va idoralari, „Ishonch“ ip-yigiruv korxonasi, 2 ta umumiy taʼlim maktabi, ixtisoslashtirilgan litsey, madaniyat uyi, markaziy stadion, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari mavjud. Navbahor orqali Toshkent—Andijon temir yoʻl va Xoʻjand—Qoʻqon avtomagistrali oʻtganOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Manbalar
Turkum:Fargʻona viloyatining shahar tipidagi aholi punktlari Turkum:Furqat tumani