Abdulqodir Muhitdinov (1892-yil Buxoro – 1934-yil 6-yanvar Toshkent) – Buxorodagi jadidchilik harakati namoyandasi, siyosat arbobi. Boshlangʻich taʼlimni Buxoroda olgach, Istanbul madrasasida oʻqidi. Otasi yirik savdogar Mirza Muhiddin Mansurov ilk jadid gazetasi – „Buxoroyi sharif“ni moddiy jihatdan taʼminlab turgan, yangi usul maktablariga homiylik qilgan. Muhitdinovning ilk maqolalari Orenburgdagi „Vaqt“ gazetasida eʼlon qilingan (1910)Rӯznomai „Kommunist Tadjikistana“, 22 oktyabri 1989.

Buxoroda 1917-yil aprel namoyishlardan keyin yosh buxoroliklar partiyasi MKga aʼzo boʻldi. Kolesov voqeasidan keyin Samarqand, Toshkent, Moskvada muhojirlikda yashagan. Turkiston musulmonlari byurosi aʼzosi (1919—20). „Qutulish“ gazetasi muharriri (1920). Buxoro inqilobiy qoʻmitasi raisi, BXSR dehqonchilik noziri (1920—21). BXSRning dastlabki Konstitutsiyasini ishlab chiqishda qatnashgan, Buxoroda yer-suv islohoti oʻtkazilishi tashkilotchilaridan biri. Muhitdinov BXSRning xorijiy mamlakatlar bilan Rossiya vositachiligisiz mustaqil aloqa oʻrnatish, bosqinchi qizil armiyani olib chiqib ketish, xalq militsiyasi singari milliy armiya tuzishni qatʼiy talab qilgan. 1921—1924-yillarda BXSR savdo va sanoat vaziri, Buxoro Xalq xoʻjaligi Oliy kengashi raisi, Buxoro Iqtisodiy kengashi raisi, BXSR Nozirlar shoʻrosi raisining 2-muovini lavozimlarida ishlagan. Oʻrta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish oʻtkazilib, Oʻzbekiston SSR tarkibida Tojikiston ASSR tashkil qilingach, Muhitdinov Tojikiston ASSR Xalq Komissarlari Soveti raisi qilib tayinlandi (1925—29). Tojikiston SSR tuzilgach, u Oʻzbekiston SSR taʼminot xalq komissarligida ishladi. 1933-yil 21-avgustda sovet rejimi tomonidan Muhitdinov qamoqqa olinib, unga „burjua millatchisi“ tamgʻasi yopishtirildi va 1934-yil 1-iyunda otib tashlandi.

Buxoro Xalq Sovet Respublikasida 1920—1921-yillar – Buxoro Markaziy Inqilobiy Komiteti raisi, Buxoro Xalq Sovet Respublikasi Markaziy Ijroiya Qoʻmitasi raisi,

1921—1923-yillar – qishloq xoʻjaligi noziri, Buxoro XSR savdo va sanoat vaziri.

1923—1924-yillar – Buxoro XSR Iqtisodiy Kengashining raisi, 1923-yil 15-maydan 1924-yil 27-oktabrgacha BXSR Xalq Nozirlari (Vazirlar) Soveti raisi vazifasini bajaruvchi.

1923—1924-yillar – Oʻrta Osiyo iqtisodiy konferensiyasida Buxoro XSR – SSR vakolatxonasi aʼzosi.

Oʻzbekiston SSR va Tojikiston ASSRda 1924—1926-yillar – Oʻzbekiston SSR tarkibida muxtoriyat tuzilganidan keyin Tojikiston ASSR Muvaqqat inqilobiy qoʻmitasi aʼzosi.

1926—1929-yillar – 1926-yil 16-dekabrda Tojikiston ASSRning saylangan davlat organlari (Muvaqqat inqilobiy qoʻmita oʻrniga) tuzilgandan soʻng uning Xalq Komissarlari Soveti raisi etib saylandi.

1929—1930-yillar – Markaziy Osiyo iqtisodiy konferensiyasida Tojikiston ASSR – SSR vakolatxonasi aʼzosi;

1930—1933-yillar – Oʻzbekiston SSR taʼminot xalq komissari.

1933-yil dekabr oyida ishdan boʻshatildi, uni Dushanbe shahrini Stalinobodga oʻzgartirishga qarshi chiqishda ayblashdi. Tojikiston SSR Xalq Komissarlari Soveti raisi Abdulla Rahimboyev Muxitdinov 1925—1929-yillarda tojik millatchilik harakatining faol ishtirokchilaridan biri boʻlganini taʼkidladi.

1933-yil 21-avgustda hibsga olingan, 1934-yil 1-iyunda oʻlimga hukm qilingan. Xuddi shu kuni otilgan. 1958-yil 25-yanvarda toʻliq reabilitatsiya qilindi va partiyaga qayta tiklandi.

Oilasi Aka-uka va opa-singillari Mirzo Isom Muhiddinov Mirzo Amin Muhiddinov Mirzo Xayrullo Muhiddinov Matlabxon Muhiddinova

Mukofotlari Qizil Bayroq ordeni (1920 va 1922) Buxoro XSR 1-darajali Qizil Yulduz ordeni

Manbalar

Adabiyotlar Ayniy S, Buxoro inqilobi tarixi uchun materiallar, M., 1926; Rajabov K,., Buxoroga qizil armiya bosqini va unga karshi kurash, T., 2002.

Turkum:1892-yilda tugʻilganlar Turkum:Toshkentda vafot etganlar Turkum:Buxoro amirligi kishilari Turkum:Buxoro madrasalarida tahsil olganlar Turkum:Jadidlar Turkum:Jadidchilik Turkum:Qatagʻon qurbonlari Turkum:Yosh buxoroliklar Turkum:SSSRda qatagʻonga uchragan davlat organlari rahbarlari Turkum:Oʻzbekiston SSRda qatl etilganlar Turkum:Oʻzbekiston SSR xalq komissarlari va vazirlari Turkum:Buxoro Xalq Sovet Respublikasining 1-darajali Qizil Yulduz ordeni sohiblari Turkum:Tojikiston SSR Vazirlar Kengashi raislari Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar