Sobir Muhamedov (1912-yil, 25-may - Toshkent — 1978-yil, 12-aprel) — kinodramaturg, jamoat arbobi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1965). 1939-yil Boku kinostudiyasida, 1941—1948-yillar „Oʻzbekfilm“ kinostudiyasida (1955— 57 yillar direktor) turli lavozimlarda ishlagan. 1948—1955-yillar Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutida oʻqituvchi. Oʻzbekiston madaniyat ishlari vaziri muovini (1957—1959), vazir (1959—1963), Oʻzbekiston kinematografiya Davlat qoʻmitasi raisi (1963—1964), Hujjatli va ilmiyommabop filmlar kinostudiyasining direktori (1966—1967), Oʻzbekiston Kinematografchilar uyushmasi boshkaruvining raisi (1967—1976), „Oʻzbekfilm“da bosh muharrir (1977—1978), Oʻzbekiston kino ishlab chiqarish boshqarmasining boshligʻi (1978-yil yan-vardan). Koʻpgina hujjatli, badiiy, multiplikatsion filmlarning ssenariylarini yozgan: „Frontga konsert“, „Oʻzbekistonimizga keling“ (M. Karavkin bilan hamkorlikda), „Hamza“ (K. Yashin bilan hamkorlikda), „Shiddat“ (D. Vasiliu va U. Nazarov bilan), „Utgan kunlar“, „Zulmatni tark etib“ (A. Qodiriy asarlari asosida), „Yunus Rajabiy“, „Yorugʻ yoʻl“, „Oʻzbekiston oʻrmonlari“ va boshqa shular jumlasidan. V. Yanning „Chingizxon“ romanini rus tilidan oʻzbek tiliga tarjima qilganOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Adabiyotlar Kinossenariy, T., 1974; Filmi i godi (A. Abdullayev bilan hamkorliqda), T., 1980.

Manbalar

Havolalar https://newspaperarchive.com/obituary-clipping-apr-13-1978-2113344/

Turkum:Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arboblari Turkum:25-mayda tugʻilganlar Turkum:1912-yilda tugʻilganlar Turkum:1978-yilda vafot etganlar Turkum:12-aprelda vafot etganlar Turkum:Oʻzbekistonlik tarjimonlar Turkum:Oʻzbekistonlik ssenariychilar Turkum:Oʻzbekiston rejissyorlari