Miyelit — orqa miyaning yalligʻlanishi boʻlib, uning kulrang va oq moddasi zararlanishini oʻz ichiga oladi.
Etiologiyasi Oʻtkir miyelit kasalligi tashxisi nisbiy hisoblanib, bunda kasallik ensefalomiyelit yoki ensefalomiyeloradi-kulonevrit koʻrinishida ham kechishi mumkin. Birlamchi oʻtkir koʻndalang miyelit sababi hozirgacha noaniq boʻlib qolmoqda, qoʻzgʻatuvchisi virus boʻlsa kerak deb gumon qilinadi. Ikkilamchi oʻtkir miyelit qorin tifi, qizamiq, quturish, gripp, skarlatina, VICh infeksiya, tuberkulyoz, Lyme kasalligi, shuningdek biriktiruvchi toʻqimaning diffuz kasalliklarida ham uchraydi. Oʻtkir miyelit dissimirlangan, nekrotik, oʻtkir oʻchoqli miyelit va optikomiyelit koʻrinishida kechadi. Birlamchi miyelit orqa miyaga neyrotrop virus yoki uning toksini kirishi natijasida klinik belgilar rivojlanadi. Gematogen, limfogen, perinevral yoʻllar orqali qoʻzgʻatuvchi subaraxnoidal boʻshliqqa tushadi. Miyelit rivojlanishida organizmning immun tizimi katta ahamiyatga ega. Kasallik kelib chiqishida provokasion omillar — sovuq qotish, intoksikasiya, psixik va fizik travmalaming ahamiyati katta. Patologik jarayon asosida morfologik oʻzgarish va degenerativ buzilishlar yotadi va koʻpincha orqa miyaning koʻkrak qismida joylashadi. Patologo-anatomik tekshiruvda zararlangan oʻchoqlar yumshoq, boʻshashgan boʻladi, bunda kulrang moddani oq moddadan ajratish qiyin, koʻpincha orqa miya koʻndalangi toʻliq zararlanadi. Mikroskopik tekshiruvda patologik prosess orqa miya, yumshoq va qattiq pardalarda, epidural kletchatka, periferik nerv va ildizlarda topiladi. Orqa miya moddasida qon-tomir yalligʻlanish (limfoid-infiltratsiya, stazlar, perivaskulyarlar qon quyulish) bilan birga mayda gemorrragik diapedezli va oʻchoqli oʻzgarishlar boʻladi. Bunda miyelin parda va nerv hujayralari nobud boʻladi. Nekrotik miyelit boʻlganda orqa miyani qon bilan taʼminlovchi qon-tomirlar trombozi yuz berishi mumkin.
Klinik koʻrinishlari Prodromal davr oʻtgandan soʻng kasallik tana harorati 38-39°C gacha koʻtarilishi, qaltirash bilan oʻtkir rivojlanadi. Koʻkrak va orqada ogʻriqlar, oyoqlarda paresteziyalar paydo boʻladi. Oyoqlardagi boʻshashish 2-3 kungacha davom etib, soʻng falajlik yuz beradi. Koʻpincha orqa miya koʻndalangi zararlanadi va klinik belgilar patogenetik oʻchoq lokalizatsiyasiga bogʻliq boʻladi. Orqa miyani koʻkrak qismi koʻpincha zararlanadi, shuning uchun miyelitga pastki paraplegiya, sezgini oʻtkazuvchi tipda buzilishi bilan zararlangan ildizlar boʻylab belbogʻsimon, tortishuvchi ogʻriqlar, chanoq aʼzolari funksiyasini buzilishi, siydik va axlat tutilishi koʻrinishida kechadi. Kasallikni oʻtkir rivojlanishi davrida falaj awal periferik keyinchalik markaziy (spastik) xarakterga ega boʻladi. Orqa miya suyuqligida, birinchi kunlarda pleositoz 10 dan 100 gacha 1 ml va oqsil 2-3 marta oshadi. Keyinchalik oqsil miqdori yanada oshib oqsil-hujayra dissotsiasiyasi rivojlanadi. Koʻndalang miyelitning oʻtkir davri 5-6 haftadan 2-3 oygacha, tiklanish davri — 2 yilgacha davom etadi. Kasallikni kechishi turlicha boʻladi. Kasallik yengil kechganda (oʻtkir davri) jarayon stabilizatsiyalanib belgilar regressi vujudga keladi. Kasallik ogʻir kechganda yuqoriga koʻtariluvchi miyelit (landrining koʻtariluvchi falaji) rivojlanadi, prosess kuchayib borib, miya soʻgʻonini ham zararlaydi, bunda bulbar falaj, nafas va qon tomir faoliyati buzilishi roʻy beradi.
Ogʻir holatlarda miyelit seltikomiyeliya bilan asoratlanadi. Infeksiyaning kirish yoʻllari keng maydonni egallagan yotoq yara, siydik yoʻllari yalligʻlanishi mumkin, bu chanoq aʼzolari funksiyasi buzilishi natijasida roʻy beradi (sistit, uretrit, nefrit). Oʻtkir demiyelinizatsiyalashgan miyelit tarqoq ensefalomiyelitning redutsirlangan shakli deb hisoblanadi, miyelitda protsess faqat orqa miyani oʻz ichiga oladi. Oʻtkir koʻndalang miyelit bu shaklidan orqa miyada turli mayda yalligʻlanish oʻchoqlari borligi bilan farqlanadi. Bu mayda oʻchoqlar klinik yuzaga chiqmaydi, lekin kasallikning qoʻshimcha belgilari namoyon boʻlishi mumkin. Shuning uchun bemorlarda tananing oʻng va chap yarmida sezgi va harakat oʻzgarishlari turlicha namoyon boʻladi.
Oʻtkir osti miyelit koʻpincha keksa kishilarda uchraydi, ayniqsa surunkali oʻpka-yurak yetishmovchiligi bor bemorlarda.
Nekrotik miyelit progressivlanuvchi amiotrofik paraplegiya bilan xarakterlanadi. Bunda kasallik avj olib borishi davomida orqa miyaning spastik prosessi sekin asta periferik jarayon bilan almashinadi. Sezgi buzilishlari kechroq rivojlanadi va u dissosialashgan xarakterga ega. Likvorda oqsil hujayra dissotsiasiyasi yengil pleosetoz bilan birga namoyon boʻladi. Kasallik oʻtkir osti kechib, 1-2 yil davomida oʻlimga olib keladi. Optikomiyelitda orqa miya bilan birga koʻruv nervi ham zararlanadi. Koʻp mualliflar bu sindromni tarqoq skleroz deb hisoblaydilar. Optikomiyelit (yoki optikoensefalomiyelit) klinikasi bitemporal gemianopsiya, turli xil skotoma, shuningdek koʻrish oʻtkirligi pasayishi bilan (koʻrlikka olib keladi) kechadi. Koʻz tubida koʻruv nervi diski oqarishi koʻrinadi. Harakat va sezgi buzilishlari orqa miyaning zararlanish oʻchogʻiga bogʻliq: spastik tetraparez (S1-S4 segmentlar zararlansa), yuqorigi periferik parez, pastki spastik parez (S5-D2, D3-D12), pastki periferik parez (L1-S2) zararlanishi koʻrinishida boʻladi.
Tashxis va differensial tashxisi Oʻtkir oʻchoqli miyelitni kistoz araxnoidit, epidurit, orqa miya oʻsmasi, tarqoq skleroz kasalliklari bilan qiyosiy tashxis oʻtkazish kerak.
Qiyosiy tashxislashda magnit rezonans tomogrammasi (MRT) katta yordam beradi. Bu usulni qoʻllashning iloji boʻlmaganda miyelitni kistoz araxnoiditdan orqa miya suyuqligini tekshirib aniqlash mumkin. Kistoz araxnoiditda oqsil-hujayra dissotsiasiyasi va ksantoxromiya bodadi, miyelitda esa oqsil oshishi bilan birga pleotsitoz ham kuzatiladi. Miyelitda kasallikning odkir kechishi yangi-yangi belgilar paydo bodishi, keyinchalik ular regressga uchrashi bilan kechadi. Kasallik araxnoiditda regresga uchramaydi, sekin-asta kuchayib boradi. Miyelitni epiduritdan farqlashda MRT yoki kontrastli KT yordam beradi. Epiduritda spondilografiyada osteomiyelit belgilari koʻrinadi. Suboktsipital miyelografiyada esa subaraxnoidal boʻshliqni todiq yoki qisman blokini aniqlash mumkin. Orqa miya suyuqligi tekshirilganda likvor bosimi va oqsillar miqdori oshishini topish mumkin. Neytrofil pleositoz yiringli miyelitga, lemfotsit esa virusli yoki allergik etiologiyali miyelitga xos. Orqa miya oʻsmalari sekin rivojlanadi, Broun-Sekar sindromi (falaji).
koʻrinishida kechadi. Metastazlar paydo bodganda infeksion kasallik belgilari boʻmaydi. Tarqoq sklerozning orqa miya shakliga kasallikni sekin-asta rivojlanishi xos, koʻpincha orqa miyaning oq moddasi zararlanadi, sezgi oʻzgarishlari kam namoyon boʻladi, orqa miya suyuqligi oʻzgarmaydi. Davolasli. Odkir koʻndalang miyelitning davosi uning etiologiyasiga va patologiyaga qaratiladi. Bakterial miyelitda antibiotiklar, sulfanilamid preparatlari va boshqa antibakterial preparatlar; virusli miyelitda davo choralari virusga qarshi preparatlar qolanadi. Miyelitning etiologiyasi qanday bodishidan qatʼiy nazar desensibilizatsiya- lovchi va degidratasiyalovchi preparatlar qolanishi shart. Kasallikni davolashda parvarish katta ahamiyatga ega, ayniqsa teri (yotoq yaralarni) va siydik-tanosil aʼzolarining (dezinfitsirlovchi suyuqliklar bilan siydik qopini kateterizatsiyasi va yuvish). Reabilitatsion davo katta ahamiyatga ega (LFK, massaj, fizioterapiya). Tiklanish davrida antixolinesteraz preparatlar (prozerin, galantamin), V guruh vitaminlari, serebralizin, ATF, piratsetam, nikotin kislotasi; mushak tonusi oshganda — miorelaksantlar (midokalm, baklofen, sirdalud). POLIOMIYELIT (GEYNE-MEDIN KASALLIGI) Poliomiyeli odkir infeksion virusli kasallik bo dib, orqa miyaning oldingi shox hujayralari va miya soʻgʻonining harakat oʻzaklari koʻproq zararlanib, periferik falaj va mushak atrofiyasi bilan kechadi. Poliomiyelit qadimdan maTum bodgan kasallik bodib, qadimgi Misrda deformatsiyalari topilgan. Gippokrat poliomiyelit klinikasiga oʻxshash paralitik kasallik haqida yozib qoldirgan. 1840 yilda Geyne va 1890 yilda Medin bu kasallikni ilmiy asosladilar. Uni virusi esa 1952-54 yillarda topilgan. Etiologiya va patogenez. Poliomiyelit qoʻzgʻatuvchisi — filtrlanuvchi virus (enterovirus guruhiga kiruvchi) bodib, koʻpgina ximiyaviy moddalarga chidamli, ammo qizdirilganda tez nobud boʻladi. Poliomiyelitda kasallik manbai inson (kasal yoki virus tashuvchi) hisoblanadi. Kasallik fekal-oral yoʻl bilan yuqadi. Kasallik koʻpincha yoz va kuz oylarida koʻp uchraydi. Kasallikka 5 yoshgacha boʻlgan bolalar chalinadi (koʻpincha 2-3 yosh), katta yoshli bolalar va kattalar kasallikka ham chalinadilar, ular faqat epidemiya vaqtida kasallanishlari mumkin. Poliovirusning kirish joyi oshqozon ichak trakti boʻylab, ichak epiteliyasi hujayralarida koʻpayadi (intestinal bosqich) va qonga soʻriladi (virusemiya bosqichi). Bunda koʻpgina aʼzo va toʻqimalarda (limfa tugunlari, taloq, jigar, oʻpka, buyrak) dissiminasiyalanadi va infeksiya gematogen yoʻl yoki nerv tolalarining oʻq silindri orqali nerv tizimiga kiradi. Virus miya moddasining harakat neyronlarini zararlaydi. 1-2-sutka davomida virus titri oshadi, keyin tez pasayadi. Virusning maksimal konsentratsiyasi kasallikni avj olgan davrlariga toʻgʻri keladi (ayniqsa falaj bosqichiga). Harakat neyronlarining nobud boʻlishi mushaklar denervasiyasiga, trofikasining buzilishi, ixtiyoriy harakatlami yoʻqolishiga olib keladi. Uzoq vaqt harkatsizlik, mushaklarni qon bilan taʼminlanishini pasayishi, qoʻl oyoqlami notoʻgʻri holatiga, mushak, suyak toʻqimalarining atrofiyasiga olib keladi. Klinika. Poliomiyelitning inkubasion davri oʻrtacha 1-2 hafta davom etadi. Kasallik rivojlanish bosqichiga koʻra nerv tizimining zararlanishi 2 shaklda kechadi: Paralitik boʻlmagan (meningeal) poliomiyelit-seroz meningit koʻrinishida kechadi (koʻp uchraydigan shakli). Bemor bu shaklda toʻliq tuzaladi, doimiy immunitet qoladi. Abortiv formatsiyasi-gripp kabi kechadi, falajlik kuzatilmaydi. Kasallikni paralitik turini kechishida 5 bosqich kuzatiladi: 1-umumiy infeksion belgilar bilan boshlanadi: harorat koʻtarilishi, boʻshashish, bosh ogʻrigʻi, uyqu buzilishi, terlash, oshqozon ichak faoliyati buzilishi, anoreksiya, qusish. Qon va likvorda yalligʻlanishga xos boʻlgan oʻzgarishlar boʻladi. 2 bosqich-preparalitik davr 1-6 kun davom etadi, klinik belgilar meningoradikulit koʻrinishida, fassikulyar tortilishlar bilan kechadi. 3 bosqich-paralitik davr oyoqlarda kuchli ogʻriq, mushaklarning bosim, hatto sal qoʻl bilan tegishi ham sezgirlikni oshishi bilan namoyon boʻladi. Periferik parez va falajlar oyoqlaming proksimal qismida boʻlib, belgilar assimetriyasi xos, diafragma, qoʻl qovurgʻalararo mushaklar falaji ham boʻlishi mumkin. Harakat buzilishlarining maksimal darajasi 1-sutka oxiriga toʻgʻri keladi, kattalarda tetraparez va tetraplegiya rivojlanishi mumkin. Awaliga reflekslar oshadi, soʻng tez arefleksiya rivojlanadi. Agar jarayon miya soʻgʻonida joylashsa, fonasiya, nutq, yutish buzilishlari yaqqol namoyon boʻladi. Yuqori nafas yoʻllari shilliq qavatlaridan shilliq ajralishi kuchayishi natijasida yutish faoliyatini buzilishi kelib chiqadi. Uzunchoq miyada joylashgan nafas va qon tomirlar markazlari zararlanib, hayot uchun zarur funksiyalar buzilib, oʻlimga olib keladi. Nafas olish faoliyati buzilishi bilan bemor IVL ga oʻtkaziladi.