Takasur surasi (, nomining maʼnosi — ) — Qurʼonning -surasi. suralardan biri, oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning -sahifasida va -juzida joylashgan. -boʻlib nozil boʻlgan.
"Takosur" — "toʻplab, koʻpaytirish ishtiyoqida boʻlmoq" demakdir. Surada mol-dunyo toʻplash harakati bilan ovora boʻlib, Allohni yod etish va Uning buyruqlarini bajarishga vaqt topolmay qolgan dunyoparast kishilar qoralanadi. Lekin ular haqiqatni bilib, chuqur idrok etganlarida bunday qilmasliklari, dunyoparastlik oqibatini esa yaqinda, yaʼni hayotdan koʻz yumgach hamda oxiratdagi jazoning muqarrar ekanini bilganlaridan keyingina anglashlari, shuningdek, oʻsha kuni ato etilgan neʼmatlardan hisobot olinishi toʻgʻrisida ogohlantiriladi.
Asosiy mavzusi Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
1. (Ey, insonlar,) sizlarni (mol-dunyo) koʻpaytirish (Allohga ibodat qilishdan) mashgʻul qildi.
2. Hatto maqbaralaringiz (koʻpligi bilan faxrlanish)gacha bordingiz.
3. Yoʻq! Yaqinda (buni oqibatini) bilursizlar.
4. Yana bir bor yoʻqki, yaqinda bilursizlar!
5. Yoʻq! Agar (dunyoparastlik oqibatini) aniq ilm bilan bilganingizda edi (uni doʻst tutmas edingiz).
6. Qasamki, albata, sizlar doʻzaxni koʻrasizlar!
7. Yana bir bor qasamki, sizlar uni ayni ishonch bilan koʻrasizlar!
8. Soʻngra ana oʻsha Kunda, albata, (sizlarga ato etilgan barcha) neʼmatlar toʻgʻrisida soʻroq qilinursizlar!
Manbalar