right|200px|thumb|Ernest Lawrence Ernest Lawrence () (1901.8.8, Kanton, Janubiy Dakota — 1958.27.8, Palo-Alto, Kaliforniya) — amerikalik fizik. Yel universitetini tugatgan (1925). Berkli shahridagi Kaliforniya universitetida (1930-yildan professor, 1936-yildan shu universitet Radiatsiya laboratoriya direktori) ishlagan. Ilmiy ishlari tezlatkichlar texnikasi, yadro fizikasi va uning biologiya va tibbiyotda qoʻllanishiga oid. 1930-yilda zarralarning magnit rezonas tezlatkichi — siklotron gʻoyasini ilgari surgan va birinchi namunasini qurgan (amerikalik olim N. Edlefsen bilan hamkorlikda). 1933-yilda vodorod izotopi — deytronnch kashf qildi va ular hosil qiladigan reaksiyalarni tekshirdi. AQSH atom bombasini yaratishda ishtirok etgan. Nobel mukofoti laureati (1939).OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yilNobel mukofoti sovrindorlari

Manbalar

Turkum:Fiziklar Turkum:20-asr amerikalik olimlari