Furqon surasi (, nomining maʼnosi — ) — Qurʼonning -surasi. suralardan biri, oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning -sahifasida va -juzida joylashgan. -boʻlib nozil boʻlgan.
Asosiy mavzusi Sura ushbu Furqonni — haq bilan botilni ajratib berguvchi Kitobni Muhammad alayhissalomga Buyuk Tangri nozil qilganini taʼkidlash bilan boshlanadi.
Soʻngra: "Nega paygʻambar farishta emas, balki oddiy odamlarga oʻxshab taom yeb, bozorlarda yuradigan insondan boʻlar ekan?" deydigan sarkash mushriklarning daʼvolari qatʼiy hujjatlar bilan rad etiladi.
Yana bu surada dohiy "doʻst"larning vasvasalariga uchib, oʻz iymon-eʼtiqod va dinu-u diyonatlaridan voz kechgan kimsalar oxiratda bu qilmishlaridan afsus-nadomat chekib, barmoqlarini tishlab qolishlari haqida ogohlantirib oʻtiladi.
Sura nihoyasida esa Rahmon bandalari — haqiqiy moʻmin-musulmonlarning sifatlari va ularni jannat neʼmatlariga erishishlariga sabab boʻladigan xulq-atvorlari tasvirlanadi.
Qurʼoni Karimda, Alloh taolo tomonidan nozil qilingan barcha ilohiy kitoblar "Furqon"— "haq bilan nohaqni ajratib berguvchi Kitob" deb atalaveradi. Bu suraga nom boʻlgan "Furqon"dan murod esa Qurʼondir.
Manbalar