Jamol Xudoyberdiyevich Karimov (1909.22.2 — Fargʻona — 1993.23.9,) — matematik olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1967), professor (1962). 1935-yilda Oʻzbekiston universitetini tugatgan. Fargʻona pedagogika instituti matematika kafedrasi mudiri (1940— 43), Toshkent Davlat Universiteti matematika kafedrasi dotsenti, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi matematika va mexanika institutida boʻlim boshligʻi (1943—50), Fargʻona pedagogika instituti fizika-matematika fakulteti dekani (1950-yildan), matematik analiz kafedrasi mudiri (1962-yildan). Ilmiy ishlari chiziqli boʻlmagan differensial tenglamalar nazariyasiga oid. Fargona pedagogika instituti matematika fakultetiga Karimov nomi berilgan (1994)OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Manbalar

Turkum:Matematiklar Turkum:Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arboblari Turkum:1909-yilda tugʻilganlar Turkum:1993-yilda vafot etganlar Turkum:22-fevralda tugʻilganlar Turkum:23-sentyabrda vafot etganlar