Stanislav Vikentyevich Kalesnik [1901.10(23).1 — Peterburg— 1977.13.9] — rus glyasiologi va tabiiy geografi. Rossiya Fanlar Akademiyasining akademik (1968). Sankt-Peterburg universitetini tugatgan (1929). Shu universitetda tabiiy geografiya kafedrasi mudiri (1950-yildan). Koʻlshunoslik instituti direktori (1955-yildan). Ilmiy ishlari umumiy yer bilimi, landshaftshunoslik, glyasiologiya, shuningdek, Markaziy Tyanshan va Jungariya Olatovi geomorfologiyasi nazariy masalalariga bagʻishlangan. Tabiiy geografiyaga xionosfera, muz bosish energiyasi, geografik struktura kabi yangi tushuncha va terminlarni kiritgan. 1964-yildan Rossiya geografiya jamiyati raisi, 1968—72 yillarda Xalqaro geografiya ittifoqi vitseprezidenti. Krakov va Finlandiya (Turku) universitetlarining faxriy doktori. K. nomiga Orka Ili, Jungariya Olatovi va Qutbiy Ural togʻlaridagi muzliklar qoʻyilganOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Manbalar
Adabiyotlar Obshaya glyasiologiya, L., 1939; Osnovi obshego zemlevedeniya, 2-ye izd., M., 1955; Umumiy yer bilimi qisqa kursi, T., 1967; Obshiye geograficheskiye zakonomernosti Zemli, M., 1970.
Turkum:Rossiya kishilari Turkum:Sobiq Ittifoq geograflari Turkum:Geografiya fanlari doktorlari Turkum:Sankt-Peterburg davlat universiteti Geografiya va geoekologiya fakulteti bitiruvchilari