Fayzulla Yoʻldoshev (1912.15.9, Turkiston shahri — 1991 ) — Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, leytenant. 1942-yildan frontda. 42-oʻqchi polkida boʻlinma komandiri boʻlib xizmat qilgan. Yoʻldoshev 1943-yil 27-sentabrda Dnepr boʻyidagi jangda jasorat koʻrsatgan. Razvedkada qatnashib, dushman haqida muhim maʼlumot toʻplagan. Dneprning oʻng qirgʻogʻidagi janglardan birida ogʻir yaralangan. Qahramon unvoniga sazovor boʻlgan (1943). Urushdan keyin Namangan viloyatining Irvadan qishlogʻida yashagan, oʻrta maktabda direktor boʻlib ishlagan. Namangan tumanidagi 32-maktabga nomi berilganOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Manbalar

Turkum:1912-yilda tugʻilganlar Turkum:15-sentabrda tugʻilganlar Turkum:1991-yilda vafot etganlar Turkum:Namangan tumanida dafn etilganlar Turkum:Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari Turkum:Sovet Ittifoqi Qahramonlari

Turkum:Lenin ordeni sohiblari Turkum:1-darajali Vatan urushi ordeni sovrindorlari Turkum:Qizil Yulduz ordeni sohiblari Turkum:Jasurlik uchun medali bilan mukofotlanganlar Turkum:Sovet Ittifoqi Kommunistik Partiyasi aʻzolari