Yoʻlbars (lot. ) — mushuksimonlar oilasiga mansub yirtqich sut emizuvchi hayvon. Katta mushuklar (lot. Pantherinae) ostoilasiga kiruvchi Panthera urugʻining beshta turidan biri. Shu oilaning eng yirik vakili. Yoʻlbars umuman quruqlikdagi eng yirik yirtqichlardan biri, vazni boʻyicha faqat oq ayiq va qoʻngʻir ayiqdan kichik. Yoʻlbarsning ikkta zamonaviy ostturi aniqlab ajratilgan. Bu ikki osttur toʻqqizta populyatsiyani oʻz ichiga oladi. XXI asr boshiga faqat oltitasi saqlanib qolgan. Yolbarslarning umumiy soni 2600-3900 boshdan iborat. Bengal yoʻlbarsi populyatsiyasi eng koʻp boshdan iborat, yoʻlbarslarning umumiy populyatsiyasing 40% tashkil qiladi.
XX asrda Tabiat va tabiy resurslarni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi qizil kitobiga kiritildi. Shu bilan bir qatorda turli davlatlar qizil kitobiga va himoya hujjatlariga kiritilgan. 2020-yil holatiga koʻra yoʻlbarslarni butun dunyoda ovlash taqiqlangan.
Etimologiyasi Yoʻlbars soʻzi qadimgi turkiy tilda koʻp maʼnoli „yol“ soʻziga, qadimgi turkiy tilda katta mushuksimon hayvon manosini anglatgan „bars“ soʻziga qoʻshib tuzilgan. „Bars“ soʻzi etimologiyasi oxirigacha aniq emas. „Yol“soʻzi esa oʻz oʻrnida V.V.Radlov, A.M. Sherbak, J. Kloson fikriga koʻra „chiziq“ manosini anglatadi. V.Bang fikriga koʻra esa bu shunchaki „yol“ manosini anglatadi, chunki yoʻlbarslar juda uzoq masofa bosib oʻta oladi. V.Bang shu bilan birga „yoʻl“ soʻzi aslida „ola“ soʻzining „yoʻl“ soʻziga paronimik oʻxshatish natijasi ham boʻlishi mumkunligini taʼkidlagan.
Yevropa tillarida tarqalgan yoʻlbars soʻzi (inglizcha:tiger, ruscha: тигр, nemischa: Tiger, fransuzcha: tigre) qadimgi yunoncha τίγρις „yoʻlbars“ soʻzidan kelib chiqqan. Oʻz navbatda bu yunoncha soʻz avesto tilidagi tiɣra „oʻtkir“ yoki tiɣri „oʻq“ soʻzidan olingan.
Oʻrganish tarixi Yoʻlbarsalga birinchi boʻlib, Felis tigris nomi ostida, Carl Linney tomonidan uning Systema Naturæ asarida tarif berilgan. Keyinchalik 1858-yilda rus tabiatshunosi Nikolay Severtsov ushbu turga Tigris striatus nomi ostida tarif beradi. 1867-yilda britaniyalik zoolog Jorj Grey Tigris regalist nomi ostida tarif beradi. 1929-yildan boshlab yoʻlbarslarni katta mushuklar (lot. Panthera) urugʻiga oid deb qolanila boshlandi.
Filogenezi Turning evolyutsiyasiga oid asosiy maʻlumotlar qazilma qoldiqlarini tahlil qilish va molekulyar filogenetika sohasidagi tadqiqotlar orqali olingan.
Kladistik tahlil asosida turning kelib chiqish markazi Sharqiy Osiyoda joylashganligi isbotlangan. + Yoʻlbars va ost turlarining kelib chiqish yoʻllari McKenna & Bell, 1997 va Nowak, 1991 boʻyicha. Yoʻlbarsning qadimgi qoldiqlari Java orolidagi Jetis qatlamlarida topilgan va ularning yoshi 1,66 dan 1,81 mln deb baholangan. Bundan taxminan 2 million yil oldin, pleystotsenning boshida, yoʻlbars Sharqiy Osiyoda juda keng tarqalgan tur edi, Borneo va Palavan orollarida ham yashagan. Yoʻlbarsning kelib chiqishi hududi hozirgi Xitoyning shimolida boʻlgan deb taxmin qilingan, ammo soʻnggi paleontologik dalillar uning eng qadimgi yoʻlbarslar paydo boʻlgandan soʻng darhol ancha kengroq hududda yashaganligini koʻrsatmoqda. Bir qator paleontologlarning fikricha, bu turning kelib chiqishi uchun uning ajdodlarini Manjuriya kabi cheklangan hududda izolyatsiya qilinishi shart emas edi. Yoʻlbarsning oldingi va tegishli shakllardan morfologik va genetik jihatdan farqlanishining namoyon boʻlishi uchun iqlim va relef jihatidan Janubi-Sharqiy Osiyoning turli mintaqalarida turli vaqtlarda sodir boʻlishi mumkin boʻlgan alohida populyatsiyalarni ajratish kifoya edi. Genom tahlili shuni koʻrsatdiki, qor qoplonlarining ajdodlari yoʻlbarslarning ajdodlaridan 1,67 million yil oldin ajralib chiqqan. n. (95% ishonch oraligʻi: 1,48-1,83 million). Materik yoʻlbarslari va Zonda orollari yoʻlbarslari 67,3 ming yil oldin ajralib ketgan. n. (95% ishonch oraligʻi: 45,1-123,0 ming yil oldin).
Yoʻlbarslarning nisbatan koʻp qazilma qoldiqlari pleystotsenning boshidan kechki pleystotsengacha boʻlgan davrda Xitoydan, Sumatra va Javadan topilgan, ammo yoʻlbarslar Hindiston, Oltoy, Sibir va boshqa mintaqalarda faqat pleystosen oxirida paydo boʻlgan. Berengiyaning sharqiy qismida yoʻlbarslar deb tasniflangan katta mushuklarning bir nechta topilmalari ham topilgan, ammo Amerikada yoʻlbarslarning qazilma qoldiqlari haligacha maʼlum emas. Pleystotsenning oxirida Yaponiya va Saxalinda ham yoʻlbarslar yashagan. Zonda arxipelagi orollaridagi zamonaviy yoʻlbarslar singari, bu yoʻlbarslarning kichikroq oʻlchamlari orol muhitiga adaptatsiya bilan izohlanadi.
Tashqi koʻrinishi Tanasining uzunligi 160-290 sm (baʼzan 3 m dan ortiq), dumi 114 sm gacha, vazni 390 kg gacha. Boshi yumaloq, mallarang, tanasining orqa va yon tomonlarida koʻndalang qora yoʻllari boʻladi.
Tarqalishi Yoʻlbars — faqat Osiyoda tarqalgan tur. Yoʻlbarsning tarixiy areali Uzoq Sharq, Eron, Afgʻoniston, Xitoy, Hindiston, Janubi-Sharqiy Osiyo hamda Zond orollari boʻlgan. Hozir ushbu hududlarning katta qismida yoʻlbarslar qirib tashlangan. Yirik populyatsiyalari Hindiston va Hindixitoy yarim orolidada saqlanib qolgan. Rossiyaning Primorye va Xabarovsk oʻlkalarida kichik populyatsiyasi mavjud. Faqatgina 1995 va 2005-yillar oraligʻida Osiyoda yoʻlbarslarning areali 40% kamaygan. Bugungi kunda yoʻlbarslar tarixiy arealing atigi 7% egallashadi.
Hozirgi vaqtda yoʻlbarslar 14 davlat hududida saqlanib qolgan — Bangladesh, Butan, Vyetnam, Hindiston, Indoneziya, Kambodja, Pokiston, Xitoy, Laos, Malayziya, Myanma, Nepal, Rossiya, Tailand
Yoʻlbarslar turli xil landshaftlarda yashashadi: sernam tropik oʻrmonlar, babmbuk oʻrmonlari, savvanalar, chalachoʻllar, toʻqaylar, qalin qamishzor va togʻ oʻrmonlarida, shimolda tayga oʻrmonlarida yashaydi.Togʻlarda dengiz sathidan 3000 metr balandliggacha koʻtariladi.
Ostturlari
Yoʻlbarsning ikkta zamonaviy ostturi aniqlab ajratilgan. Bu ikki osttur oltita zamonaviy populyatsiyani va uchta tarixiy davrda qirilib ketgan populyatsiyalarni oʻz ichiga oladi. Bunday tasnif 2015-yilda taklif qilingan va 2017-yilda Xalqaro tabiatni muhofaza qilish tashkiloti bir gruh mutaxasislari tomonidan qabul qilingan. Bundan oldin har toʻqqiz populyatsiya alohida osstur deb hisoblangan.
Panthera tigris tigris — yoʻlbarslarning ostturi, Osiyo qitʼasida tarqalgan. Quyidagi populyatsiyalarni oʻz ichiga oladi: Amur yoʻlbarsi — shuningdek Sibir yoʻlbarsi, Manjur yoʻlbarsi, Shimoliy-xitoy yoʻlbarsi sifatida maʼlum. Asosan Primorye va Xabarovs oʻlkalarida, Amur va Yahudiylar muxtor viloyatida, juda oz qismi Xitoyning shimoli-sharqida tarqalgan. Shimoliy Koreyada katta ehtimollik bilan uchrashi mumkin. 1996 va 2005 yillarda oʻtkazilgan hisobda 480-520 bosh amur yoʻlbarslari tabiatda yashashi aniqlangan. Ushbu populyatsiyaga turning eng eng yirik vakillari tegishli, 6 oylik yoʻlbars bolasi boʻy va vazni boʻyicha voyaga yetgan qoplonga teng keladi. Populyatsiya qolganlardan qalin yungi, chiziqlarning kamligi, malla rangning ochroqligi bilan farq qiladi. Bengal yoʻlbarsi — Bangladesh, Butan, Hindiston, Nepal, Pokiston va Myanmada tarqalgan. Turli xil landshaftlarda yashaydi: sernam tropik oʻrmonlardan tortib, quruq savannalar va botqoqli mangra oʻrmonlarigacha. Populyatsiyang asosiy qismi Pokiston, Hindiston, Nepal va Bangladesh hududida joylashgan Hind-Ganga tekislikida tarqalgan. Hindiston hukumati maʻlumotlariga koʻra bu populyatsiya 3100 — 4500 boshdan iborat, taxminan 3000tasi Hindiston hudida tarqalgan. Ayrim hind olimlari tomonidan bu maʻlumotlar shubxa ostiga qoʻyilgan va yoʻlbarslarning soni 2000tadan oshmasligi aytilmoqda. Bu populyatsiya soni boʻyicha eng koʻp boʻlishiga qaramay, yoʻqolib ketish xavfi mavjud. Asosan brakonyerlik va tabiiy yashash muhiting buzilishi bunga sabab. Masalan Hindistonda joylashgan Sariska Milliy Bogʻida barcha yoʻlbarslar brakonyerlik sababli yoʻqolib ketgan. Bengal yoʻlbarsining erkagi oʻrtacha 205 killogramdan 227 killogramgacha, urgʻochisi oʻrtacha 140 —150 killogram. Hindiston shimoli va Nepalda tarqalgan yoʻlbarslar janubdagi qardoshlaridan kattaroq, erkaklar oʻrtacha 235 killogram ogʻirlikda. Hindixitoy yoʻlbarsi — shuningdek Korbet yoʻlbarsi nomi bilan maʼlum. Vyetnam, Kambodja, Laos, Malayziya, Myanma, Tailand va Xitoyning janubiy qismida tarqalgan. Ushbu populyatsiya soni turli manbalarda 1200 —1800 oraligʻida keltiriladi. Lekin pastki koʻrsatgich haqiqatga yaqinroq deb tan olinadi. Malayziyada brokonyerlikga qarshi mahalliy qonunlarning amalga oshirilishi sababli, bu mamlakatda yoʻlbarslarning eng yirik populyatsiyasi yashaydi. Lekin bu yerda ham yoʻlbarslar populyatsiyasi arelning qismlanishi va inbriding sababli xavf ostida qolmoqda. Vyetnamda yoʻlberslarning toʻrtdan uch qismi, xitoy tabobati ehtiyojini qondirish maqsadida, qirib tashlangan. Hindixitoy yoʻlbarsi toʻqroq tusga ega. Erkagi oʻrtacha 150 — 190 killogram oraligʻida, urgʻochisi — 110 —140 killogram. Malay yoʻlbarsi — ushbu populyatsiya faqatgina Malakka yarim orolining janubida tarqalgan. Oxirgi olib borilgan hisoblarga koʻra bu populyatsiya 600 — 800ta boshdan iborat. Bu uni son jihati boʻyicha uchinchi oʻringa qoʻyadi. 2004-yilgacha bu populyatsiya hindxitoy yoʻlbarsiga tegishli teb faraz qilingan. 2017-yilda bu mustaqil populyatsiya ekanligi isbot qilingan. Xitoy yoʻlbarsi — shuningdek Janubiy-xitoy yoʻlbarsi. Xitoyning janubida tarqalgan. Bu populyatsiya eng katta xavf ostida qolgan. Tabiatda yoʻqolib ketganligining katta ehtimoli mavjud. Bu populyatsiya qolganlaridan tanasing kichikligi bilan ajralib turadi: uzunligi 2,2 — 2,6 metr. Erkagi 127 killogramdan 177 killogramgacha, urgʻochilari 100 dan 118 killogramgacha. 1977-yilda Xitoy hukumati yoʻlbarslarni ovlashni taqiqladi, lekin aynan bu populyatsiya saqlanishi uchun juda kech edi. Maʻlumotlarga koʻra tabiattagi oxirgi xitoy yoʻlbarsi 1994-yili otib oʻldirilgan. Hozirgi vaqtda xitoy yoʻlbarsing 59 boshi tutqunlikda saqlanmoqda (barchasi Xitoyda), lekin ularning hammasi atigi oltita yoʻlbarsning avlodi hisoblanadi. Bundan koʻrinib turibdiki ushbu populyatsiyada genetik xilma-xillik juda oz. 2008-yildan boshlab Xitoy hukumati xitoy yoʻlbarslarini tabiatga reintroduktsiya qilish boʻyich choralar koʻrmoqda. † Turon yoʻlbarsi — shuningdek Kavkazorti va Kaspiy yoʻlbarsi nomlari ostida malum. 1960-yillar oxirida toʻliq yoʻq boʻlib ketgan. 1968-yilda oxirgi marotaba tabiatda uchragani dalillari bor. Ayrim maʼlumotlarga koʻra oxirgi Turon yoʻlbarsi 1970-yilda Turkiyada otib oʻldirilgan. Bu populyatsiyaning tarixiy areali Ukrainaning va Rossiyaning janubiy qismlarini (Dogʻiston, Checheniston, Shimoliy Osetiya, Krasnodar oʻlkasi va Ingushiya), Gruziya, Ozarbayjon, Armaniston, Eron, Afgʻoniston, Pokiston, Iroq, Tojikiston, Oʻzbekiston, Qozoqiston, Turkmaniston, Suriya va Turkiya boʻlgan. 50-yil gacha Amudaryoning quyi oqimida uchragan. Turon yoʻlbarsi XX asr boshlarigacha Chirchiq havzasida ham yashagan. Ozarbayjonda oxirgi yoʻlbars 1932-yilda Tolish togʻlarida, Armanistonda Ararat vodiysida 1933-yilda otib oʻldirilgan. Oʻrta Osiyoda oxirgi marotaba 1954-yilda Tojikistonning “Yo‘lbars jar” qoʻriqxonasida kuzatilgan. Boshqa maʻlumotlarqa qaraganda oʻsha yili Turkmanistonning Eron bilan chegaradosh boʻlgan Koʻpetdag togʻ tizimida paydo bolgan, yoʻlbars Eronning shimoliy qismidan kirib kelgan. Turon yoʻlbarsi boshqa populyatsiyalarga nisbatan yirik boʻlgan: eng ogʻir oʻlchangan erkak yoʻlbarsning vazni 240 killogram boʻlgan. Yunging tusi Bengal yoʻlbarsidan katta farq qilmagan, ammo chiziqlari yoʻgʻonroq va koʻproq boʻlgan, rangi qoradan koʻra toq kulirang yoki jigarranga yaqinroq boʻlgan. Yungi boshqa populyatsiyalarga qaraganda uzunroq va qalinroq boʻlgan, ayniqsa qish mavsumida. Turon yoʻlbarsi, Bengal yoʻlbarsi bilan bir qatorda, rimliklar tomonidan gladiator janglarida gladiatorlar yoki boshqa yirtqichlarga qarshi, ayniqsa sherlarga qarshi ishlatilgan. Zamonaviy molekulyar genetika tahlillariga koʻra Turon yoʻlbarsi Amur yoʻlbarsi bilan yaxlit populyatsiyani tashkil qiladi.