Yoruba tili — yoruba xalqi tili. Kvatshmari oilasiga mansub. Nigeriyaning jan.-gʻarbiy hududlarida, shuningdek, Dogomeyaning baʼzi viloyatlari va Togoning sharqiy hududlarida tarqalgan Y. t. da taxminan 26,2 mln. kishi soʻzlashadi (1992). Bir necha dialektlarga ajraladi. Y. t. da 7 ta sof va 7 ta dimoqburunda hosil boʻladigan unlilar mavjud. Unlilar uygʻunlashuvi va eliziyasn keng tarqalgan. Lugʻat tarkibida ikki va undan ortiq soʻzdan ibo-rat qoʻshma soʻzlar koʻplab uchraydi. Yuqori, quyi hamda oʻrta ohanglar aniq farqlanadi, sirgʻaluvchi (yuqorilanuvchi va pasayuvchi) tovushlar ham uchraydi. Gap qurilishi soʻzlarning qatʼiy tartibiga asoslangan yozuvi lotin alifbosi asosida.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Manbalar
Turkum:Tillar