Iqtisodiy Hamkorlik Tashkiloti (IHT) () — aʼzo mamlakatlarning iqtisodiy, madaniy, fan va texnikaviy hamkorligi boʻyicha tashkil etilgan xalqaro mintaqaviy tashkilot. ITH Islom konferensiyasi tashkiloti va BMTda kuzatuvchi statusiga ega.

Tarixi thumb|150px|Iqtisodiy Hamkorlik Tashkilotining 10-Sammitiga bagʻishlangan Ozarbayjon markasiIHT 1964-yilda Eron, Pokiston va Turkiya tomonidan "Mintaqaviy Hamkorlikni Rivojlantirish" nomi bilan tuzilgan. Keyin 70-yillarda ichki mintaqaviy savdo susayib ketgani uchun oʻz faoliyatini toʻxtatgan. 1985-yilda "Iqtisodiy Hamkorlik Tashkiloti" nomi bilan qaytadan oʻz faoliyatini boshladi. 1992-yilning 28-noyabrida Pokiston poytaxti Islomobod shahrida aʼzo davlatlar Tashqi Ishlar Vazirlari kengashining favqulodda yigʻlishida Afgʻoniston, Ozarbayjon, Tojikiston, Turkmaniston, Oʻzbekiston, Qirgʻiziston va Qozogʻiston davlatlari IHTga aʼzo boʻldilar. Tashkilotning asosiy maqsadlari: tashkilotga aʼzo boʻlgan davlatlar oʻrtasida iqtisodiy aloqalarni, shu jumladan, savdo-sotiqni kengaytirish, har bir aʼzo davlatda iqtisodiy oʻsish va aholining turmush darajasini koʻtarish uchun shart-sharoitlar yaratish, aʼzo davlatlarning maʼnaviy va madaniy aloqalarini kuchaytirish va boshqa maqsadlarni koʻzda tutadi.

2023-yil 9-noyabr kuni Toshkent shahrida “Hamkorlikda iqtisodiy barqarorlik va taraqqiyot sari” shiori ostida Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 16-sammiti bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tgan tadbirda Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev, Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy, Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon, Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov, Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Anvar ul-Haq Kakar, Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri Alixan Smailov va IHT bosh kotibi Xusrav Noziriy ishtirok etdi.

Tashkilot organlari Tashkilotning asosiy organlari: Tashqi Ishlar Vazirlarining Kengashi, Doimiy vakillar va mintaqaviy rejalashtirish kengashlari hamda kotibiyatdan iborat. IHT kotibiyatini Bosh Kotib boshqaradi. Kotibiyat 6 ta maxsus direktorat (savdo, transport va kommunikatsiyalar, energetika, mineral resurslar va atrof muhitni himoya qilish, sanoat va qoʻshma korxonalar, iqtisodiy tadqiqotlar va statistika, loyihaviy tadqiqotlar)dan iborat. IHTning mintaqaviy muassasalari: kemachilik kompaniyasi, "EKOEYR" aviakompaniyasi, savdo va rivojlanish banki, qayta sugʻurtalash kompaniyasi, madaniyat instituti, fan fondi va taʼlim institutidan iborat.

Aʼzo davlatlar boshliqlari, Hukumat raislari, Delegatsiyalarining eng muhim iqtisodiy va boshqa masalalar boʻyicha yigʻilish va uchrashuvlari muntazam oʻtkazib turiladi. Tashkilotga aʼzo davlatlar rahbarlarining 6-uchrashuvi Tehronda oʻtdi (2000-yil, 9—10-iyul). Tashkilot idorasi Eron poytaxti Tehronda joylashgan.

Aʼzo davlatlar

OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Sammitlar va Bosh kotiblari

Sammitlari Sammitlar va mezbon davlatlar SammitSanaDavlatShahar1-chi Fevral 16-17, 1992 Tehron2-chi 6-7-may 1993-yil Istanbul3-chi 14-15-may 1995-yil Islomobod4-chi 14-may 1996-yil AshxobodFavqulodda 14-may 1997-yil Ashxobod5-chi 11-may 1998-yil Olmota6-chi 10 Iyun 2000 Tehron7-chi 14 Oktabr 2002 Istanbul8-chi 14 Sentabr 2004 Dushanbe9-chi 5-may 2006-yil Baku10-chi 11 Mart 2009 Tehron11-chi 23 Dekabr 2010 Istanbul12-chi 16 Oktabr 2012 Baku13-chi 1 Mart 2017 Islomobod14-chi4-mart 2021Virtual15-chi28-noyabr 2021-yilAshxobod16-chi8-9 noyabr 2023-yilToshkent

Bosh kotiblari # Ismi MillatiDavri 1 Alirizo Saloriy 1988 - 1992 2 Shamshod Ahmad 1992 - 1996 3 Önder Özar 1996 - 2000 4 Abdulrahim Kavahiy 2000 - 2002 5 Sayad Mujtaba Arastu 2002 - 2003 6 Bekjassar Norboyev 2003 - 2004 7 Asxat Orazbay 2004 - 2006 8 Xurshid Anvar 2006 - 2009 9 Yahyo Marufi 2009 - 2012 10 Shomil Alaskerov 2012 - 2015 11 Halil İbrahim Akça Avgust 2015 - Avgust 201812Hadi SuleymanpurAvgust 2018 - Avgust 202113Khusrav NoziriAvgust 2021 - Hozirgachamanba1. Koyibiyat 2. IHT sayti ma'lumotlari

Manbalar

Havolalar ECO's Website ECO's Cultural Institute ECO's Trade and Development Bank ECO's Trade promotion Unit ECO's Post

Turkum:Oʻzbekiston iqtisodiyoti

Turkum:Turkmaniston iqtisodiyoti Turkum:Tojikiston iqtisodiyoti Turkum:Qirgʻiziston iqtisodiyoti Turkum:Qozogʻiston iqtisodiyoti Turkum:Ozarbayjon iqtisodiyoti

Manbalar

Turkum:Xalqaro tashkilotlar Turkum:Eron — Pokiston munosabatlari Turkum:Eron iqtisodiyoti Turkum:Afgʻoniston iqtisodiyoti Turkum:Turkiya iqtisodiyoti Turkum:Oʻzbekiston — Qozogʻiston munosabatlari