Ipox — Malayziyaning gʻarbiy qismidagi shahar. Perak shtatining maʼ-muriy markaziy. Malakka ya. o.ning gʻarbiy sohili boʻylab oʻtgan temir yoʻl magistrali yonida joylashgan. Aholisi 380 ming kishidan ziyod. Qalay qazib olinadigan rayonning markazi. Yogʻochsozlik, oziq-ovqat, sement, metallsozlik sanoati korxonalari bor.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Manbalar
Turkum:Alifbo boʻyicha aholi punktlari Turkum:Malayziya shaharlari Turkum:Alifbo boʻyicha shaharlar