Ikromova Dilbar Ilhom qizi (17-iyul 1947-yil, Bekobod – 25-avgust 2020-yil, Toshkent) – Oʻzbekiston xalq artisti (2001)OʻZBYeKISTON RYeSPUBLIKASI MUSTAQILLIGINING OʻN YILLIGI MUNOSABATI BILAN FAN, SOGʻLIQNI SAQLASh, MADANIYaT, MAЪRIFAT, OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI VA IJTIMOIY SOHALAR XODIMLARIDAN BIR GURUHINI MUKOFOTLASh TOʻGʻRISIDA. Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1970). 1970-yildan Hamza teatrida (hozirgi Oʻzbek milliy akademik drama teatri) ishlagan. „Oy tutilgan tunda“ (M. Karim) spektaklidagi Zubarjat sahnada yaratgan ilk obrazidir. Ozoda („Imon“), Dilorom („Oltin devor“), Feokla Ivanovna („Uylanish“), Roller („Qaroqchilar“), Momo („Chimildiq“) kabi rollari bilan shuxrat qozondi. Uning ijrosi hayotiy haqiqat va samimiyat namunasi boʻlib, dialoglarni juda ishonarli olib borish, rolning eng mayda koʻrinishlariga ham noziklik bilan yondashish, mimik harakatlardan ustalik bilan foydalanish aktrisa ijodiga xos. Filmlarda ham suratga tushgan: Sotti („Kelinlar qoʻzgʻoloni“), telba ayol („Qaldirgʻoch“), Ona („Yolgiz yodgorim“), Ona („Chayongul“), qoʻshni xotin („Sharif va Maʼrif“), Momo („Chimildiq“) va boshqalarOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Vafoti Dilbar Ikromova 2020-yil 25-avgust sanasida 73 yoshida koronaviris kasalligi natijasida vafot etgan va Toshkent shahridagi Yalongʻoch-2 qabristoniga dafn qilingan. Unvon va mukofotlari Fidokorona xizmatlari uchun ordeni (2021-yil);
Manbalar
Turkum:Oʻzbekiston xalq artistlari