Yesipov Ivan Nikolayevich (1901-yil, 2-aprel — Toshkent — 1963-yil, 10-iyun) — opera xonandasi (bas), Oʻzbekiston xalq artisti (1952)Есипов Иван Николаевич (1901). Toʻliq diapazonli, yoqimli ovoz sohibi. Moskva va Tbilisi konservatoriyalarida oʻqigan. Toshkent rus opera va balet teatri (1939—48), Navoiy nomidagi opera va balet teatri (1948— 60) yakkaxoni. Alovuddin Shoshiy (A. Kozlovskiy, "Ulugbek"), Boris Godunov (M. Musorgskiy, "Boris Godunov"), Ivan Susanin (M. Glinka, "Ivan Susanin"), Gremin (P. Chaykovskiy, "Yevgeniy Onegin"), Storojev (T. Xrennikov, "Boʻronda"), Mefistofel (Sh. Guno, "Faust"), Nilikanta (L. Delib, "Lakme") va b. partiyalarni mahorat bilan ijro etganOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Manbalar
Turkum:1901-yilda tugʻilganlar Turkum:1963-yilda vafot etganlar Turkum:O‘zbekiston SSR xalq artistlari