Tiananmen maydoni eʼtirozlari () yoki Toʻrtinchi iyun voqeasi () 1989-yili Xitoy Xalq Respublikasi poytaxti Pekinda roʻy bergan. Eʼtirozlar iqtisodiy va hukumat muammolaridan tashvishlangan talabalar tomonidan boshlanib, shahar fuqarolari tomonidan kamsonli dastak olgan va hukumat rasmiylari hamda mamlakat harbiylari tomonidan bostirilgan. Keyinchalik Tiananmen maydoni qatliomi yoki 4-iyun qatliomi deb nomlangan bostirish 3—4-iyunlarda hujum miltiqlari bilan qurollangan askar va tanklarning Pekin markazidagi talaba namoyishchilar tomonidan yetti hafta egallab turilgan Tiananmen maydoniga harbiylar kirishini toʻsgan qurolsiz fuqarolar tomon xuruji bilan boshlandi. Wikileaks oshkor qilgan diplomatik maktublar Xitoy hukumatining maydonda birorta ham talaba oʻldirilmagan, degan pozitsiyasini tasdiqlasa ham, XX asrda koʻp namoyishlarni koʻrgan Pekin uchun bunday harbiy safarbarlik va natijadagi xunrezlik miqyosi mislsiz edi.
Manbalar
Havolalar Tiananmen Square, 1989 The Declassified History Tiananmen hujjat va videolari