Durres (), Дирра́хий (), Драч , Дура́ццо () — Albaniya gʻarbidagi shahar. Adriatika dengizining Durres qoʻltigʻi boʻyida. Durres retining maʼmuriy markazi. Aholisi 70 ming kishidan ziyod. Mamlakatning eng katta porti. Shosse va temir yoʻllar tuguni. Kemasozlik, metallsozlik, oziq-ovqat, tamaki, koʻn, rezina sanoati korxonalari, shahar chetida kurortlar bor. Yirik baliq ovlash bazasi. Iqlimi yumshoq, yanvarning oʻrtacha temperaturasi 5°, iyulniki 25°, yillik yogʻin 1100–1800 mm. Shaharga mil. av. VII asrda asos solingan. Antik shahar qoldiqlari saqlangan. Turizm rivojlangan.

Adabiyot OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Turkum:Albaniya shaharlari