Depozit (lotincha depositum — omonat, asrab qoʻyilgan) - 1. Bankka qoʻyilgan omonatlar. Bunday Depozitlarning muddatli (muayyan muddatdan soʻng qaytarib beriladigan) va talab qilib olinadigan (omonat egasining birinchi talabi bilan beriladigan) turlari bor. Kredit muassasasi omonatchiga depozitni olish huquqini beruvchi hamda mazkur pul mablagʻining bankka deponent qilinganini tasdiqlovchi yozma guvohnoma — Depozit. sertifikati taqdim etadi;
2. Bank daftaridagi mijozlarning bankka boʻlgan muayyan talablarini ifodalovchi yoki tasdiqlovchi yozuvlar;
3. Kredit muassasalariga saqlash uchun topshirilgan qimmatli qogʻozlar (aksiya va obligatsiyalar) va pul vositalari;
4. Turli muassasalarga talab qilinadigan toʻlovlarni taʼminlash uchun oldindan oʻtkaziladigan badallar.
Qóshimcha qiladigan bólsak, treyding sohasida ham depozit olib savdo qilish mumkin.
Yana qarang
Omonat
Adabiyot OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Turkum:Bank Turkum:Bankga oid chala maqolalar Turkum:Banklar Turkum:Banknot emissiya qiluvchilar Turkum:Iqtisod Turkum:Iqtisod boʻyicha kitoblar Turkum:Iqtisodiy atamalar Turkum:Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Turkum:Iqtisodiy huquq Turkum:Iqtisodiy mafkuralar Turkum:Iqtisodiy muammolar Turkum:Iqtisodiy nazariyalar Turkum:Iqtisodiyot va moliya Turkum:Iqtisodiy siyosat Turkum:Iqtisodiyotlar Turkum:Iqtisodiyotga oid chala maqolalar Turkum:Iqtisodiyotga oid asarlar