Dekada (yunoncha „dekas“ – „oʻnlik“) – 1) oʻn kunlik vaqt. Qadimgi Misrda vaqt oʻlchov birligi. Fransiyada XVIII asr oxirida fransuz burjua inqilobi davrida hafta oʻrnida qoʻllangan;
2) fizikada – chastota intervali (oraligʻi) birligi; ikki chastota (ft va f2) oraligʻidagi intervalga teng.
Adabiyot OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil