Gushsoy, Yongʻoqlisoy — Toshkent viloyati Oʻrta Chirchiq tumanidagi soy. Ohangaron daryosining chap irmogʻi. Qurama tizmasining shimoli-gʻarbiy yon bagʻridagi Pongʻoz dovonidan boshlanadi. Uzunligi 25 km, havzasining maydoni 142 km. Gushsoy yuqori va oʻrta qismida ancha tor, quyi qismida esa nisbatan keng vodiyda shagʻal va xarsangtoshli oʻzanda oqadi. Qavzasi kichik boʻlgani va past togʻlardan oqib tushganligi uchun Gushsoy kamsuv, uning oʻrtacha yillik suv sarfi qariyb 1 m3/sek. g . asosan qor-yomgʻirdan suv oladi, erta bahorda toshadi. Suv sugʻorishga sarf boʻlishi va oʻzan ostiga sizib ketishi tufayli etak qismi koʻpincha qurib yotadi.

Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Turkum:Oʻzbekistondagi daryolar