thumb|alt=Reşat Nuri Güntekin|Reşat Nuri Güntekin
Reşat Nuri Güntekin (; 25-noyabr 1889-yil, Istanbul — 7-dekabr 1956-yil, London) — turk yozuvchisi, dramaturg, tarjimon va adabiyotshunos. Istanbul universitetini tugatgan (1912). Dastlabki asarlari („Eski oshna“, 1917; „Xanjar“, 1918; „Sirli qoʻl“, 1921 va boshqalar)da kiborlar jamiyatiga xos illatlar fosh etilgan. Yozuvchining mashhur asarlaridan biri „Choliqushi“ (1922) romanida turk qishloqlarining yorqin manzarasi chizilgan, asar qahramonlari hayoti, sarguzashtlari tasvirlangan. „Tamgʻa“ (1925), „Shafqat qiling“, „Yashil tun“ (1928), „Xazonrezgi“ (1930) romanlarida zamonasining oʻtkir ijtimoiy masalalari, inson va jamiyat, yashashning maʼnosi kabi muammolarni koʻtarib chiqadi. Güntekin 24 roman, 7 hikoyalar toʻplami, qator pyesalar yozgan, 24 jildli asarlar toʻplami nashr etilgan (1958—1961). U „Lev Tolstoy“ monografiyasi (1933) muallifi. Güntekin asarlari koʻp tillarga tarjima qilingan. „Choliqushi“ (1959, 1965, 1968, 1988, 1999, Mirzakalon Ismoiliy tarjimasi) va boshqa romanlari oʻzbek tilida nashr etilganOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Asarlari
Hikoyalari Recm, Gençlik ve Güzellik (1919) Roçild Bey (1919) Eski Ahbab Tanrı Misafiri (1927) Sönmüş Yıldızlar (1928) Leylâ ile Mecnun (1928) Olağan İşler (1930)
Romanlari Çalıkuşu (1922) Gizli El (1924) Damga (1924) Dudaktan Kalbe (1923) Akşam Güneşi (1926) Bir Kadın Düşmanı (1927) Yeşil Gece (1928) Acımak (1928) Yaprak Dökümü (1930) Eski Hastalık (1938) Değirmen (1944) Kızılcık Dalları (1944) Miskinler Tekkesi (1946) Harabelerin Çiçeği (1953) Kavak Yelleri (1961) Son Sığınak (1961) Kan Davası (1962) Ateş Gecesi (1953)
Teatr Hançer (1920) Eski Rüya (1922) Ümidin Güneşi (1924) Gazeteci Düşmanı, Şemsiye Hırsızı, İhtiyar Serseri (1925) Taş Parçası (1926) Bir Köy Hocası (1928) İstiklâl (1933) Hülleci (1933) Yaprak Dökümü (1971) Eski Şarkı(1971) Balıkesir Muhasebecisi (1971) Tanrıdağı Ziyafeti (1971)
Manbalar
Havolalar Biyografi.info — Reşat Nuri Güntekin Hayoti Biyografi.net — Reşat Nuri Güntekin Hayoti va bibliografiyasi Turkishculture.org — Resat Nuri Güntekin
Turkum:1889-yilda tugʻilganlar Turkum:1956-yilda vafot etganlar Turkum:Turk romanchilari Turkum:Adabiyotshunoslar